O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hindistonda bo‘lib turgan yoki u yerga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga

2019-10-02 | Jamiyat

O‘zbekistonning Hindistondagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra Hindistonning Bixar shtati va boshqa hududlarida qattiq yomg‘irlar yog‘ishi va ularning natijasida sodir bo‘lgan suv toshqinlari va o‘pirilishlar oqibatida minglab odamlar xavfli hudularni tark etishga majbur bo‘ldilar. Mamlakat bo‘yicha jami 110 dan ortiq odam mazkur tabiiy ofat qurboni bo‘ldi. Odamlarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish hamda mol-mulkidan ayrilgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Hukumat tomonidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Shu munosabat bilan TIV Konsullik-huquqiy departamenti Hindistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini tabiiy ofat hududlariga vaqtinchalik bormaslikka chaqiradi va mamlakatimizning Nyu-Dehli shahridagi Elchixonasi telefon raqamlarini eslatadi: (9111) 24670774, 24670775, 24105640.

Поделиться