O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mehnat migratsiyasi tizimini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazildi

2019-10-03 | Jamiyat

2019-yil 2-oktabr O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Bosh vazir maslahatchisi, Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish departamenti mudiri Komil Rashidov boshchiligida mehnat migratsiyasi masalalariga bag‘ishlangan videomajlis o‘tkazildi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov, vazirning birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov, vazirlik mas’ullari, yurtimizning xorijiy davlatlardagi diplomatik va konsullik muassasalari hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xorijiy vakolatxona vakillari ishtirok etdi.

Majlis davomida asosiy e’tibor tashqi mehnat migratsiyasi holati, mehnat migrantlarini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlarga qaratildi.

Xususan, 2021-yilning mart oyiga qadar Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish ruxsatnomasini tayyorlash, rasmiylashtirish va berish xizmatlarini ko‘rsatish vakolatiga ega tashkilotlarning filiallarini Tatariston Respublikasi, Primore va Krasnoyarsk o‘lkalari, Sankt-Peterburg shahri, Novosibirsk, Rostov, Leningrad va Sverdlovsk viloyatlari, Xanti-Mansiysk hamda Yamal-Nenets kabi hududlarda tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borish ta’kidlandi.

Shuningdek, 2020-2021-yillarda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Yekaterinburg, Novosibirsk, Volgograd, Pyatigorsk, Istambul, Nur Sulton, Dubay shaharlarida vakolatxonalarini ochish bo‘yicha belgilangan vazifalar xususida fikr yuritildi.

Majlis yakunida mehnat migratsiyasi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalar tinglanib, shunday formatdagi maqsadli yig‘ilishlarni muntazam o‘tkazib borishga kelishildi.

Поделиться