O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat mehnat inspektsiyasi Denov va Kogon tumanlaridagi holat yuzasidan o‘rganish olib bordi

2019-10-07 | Jamiyat

Kuni kecha mahalliy internet nashrlarida Surxondaryo viloyatining Denov tumanida fuqarolarning paxta terimiga majburiy tarzda yo‘naltirilgani hamda Buxoro viloyatining Kogon tumanida ayni jarayonga bolalarning jalb etilayotgani xususida xabarlar e’lon qilindi. Jurnalistlar voqea joyida bo‘lib, odamlar bilan muloqot qilishdi, fotomateriallar taqdim qilishdi. Voqea ishtirokchilarining aksariyati o‘z xohishiga ko‘ra paxta dalasida ekanini ta’kidlasada, Davlat mehnat inspektsiyasining o‘rganishlari ayni yo‘nalishda qonunbuzarlik holatlari qayd etilganini ko‘rsatdi.

Dastlab Denov tumanidagi holat xususida

Davlat mehnat inspektsiyasining Denov telekommunikatsiya bog‘lanmasida o‘tkazgan tekshiruvlarga ko‘ra, uning ishchilari: X.Botirova, B.Qurbonov va D.Soatovalar paxta terimiga majburiy tarzda jalb etilgan. Qonunchilikka zid harakatlari sabab tashkilot boshlig‘i Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan miqdorda jarimaga tortildi.

Denov tumani chorvachilikni rivojlantirish  va veterinariya bo‘limi boshlig‘i ham qo‘l ostidagi ishchilarni paxta terimiga jalb qilgan. Shu sababdan unga ham Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan miqdorda jarima belgilangan.

Davlat mehnat inspektsiyasining o‘rganishlari Denov tumani Madaniyat bo‘limi xodimlarining paxta terimiga jalb qilinmaganini ko‘rsatdi. Ma’lum bo‘lishicha, ular 30-sentabr kuni “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan terimchilar uchun kontsert dasturini uyushtirgan.

Shu kuni Denov tumani Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari ham paxta terimiga jalb qilinmagan. 30-sentabr kuni ular o‘ziga biriktirilgan hududda o‘ziga yuklatilgan vazifani bajargan. 

Kogondagi paxta terimiga voyaga yetmagan bolalar jalb etilganmidi?

Davlat mehnat inspektsiyasining o‘rganishlari Kogon tumani «Alinoz Shergiron» va «Barno Bahrom» fermer xo‘jaligidagi paxta terimi jarayonlariga voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari jalb qilinmaganini ko‘rsatdi. Aniqlanishicha, bolalar paxta dalalari atrofida chorva mollari uchun o‘t tergan, shuningdek ota-onalariga tushlik uchun yegulik olib kelgan. Yurtimiz qonunchiligida bolalar mehnatiga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy belgilangan. Shunga qaramay mazkur vaziyatga bee’tibor bo‘lgani sabab «Alinoz Shergiron» va «Barno Bahrom» fermer xo‘jaligi rahbarlari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 2-qismiga binoan jarimaga tortildi.

Shuningdek Davlat mehnat inspektsiyasi tomonidan fermer xo‘jaliklari rahbarlari, ota-onalar orasida yurtimizda bolalar mehnatiga chek qo‘yilgani, ayni holatlar uchun qonunchilikda jazo choralari belgilangani yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.  O‘z navbatda ulardan tushuntirish xatlari olindi.

 Holat yuzasidan  Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaga chora-tadbirlar ko‘rish hamda ota-onalar bilan tushuntirish-profilaktika ishlarini olib borish bo‘yicha taqdimnoma kiritildi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi barcha fuqarolarimizni majburiy mehnatga qarshi kurashga chaqiradi.

Hurmatli yurtdoshlar, O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatning har qanday shakli qonunga xilofdir! Agar Sizni paxta terimi yoki boshqa biror ishga majburlashsa yoki shunday holatga duch kelsangiz, Davlat mehnat inspektsiyasining 1176 qisqa raqamlariga, dmi.mehnat.uz sayti yoki https:mehnathuquqbot Telegram botiga murojaat qiling!

Поделиться