O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“TST Rice” sholi zavodida zamonaviy sanoat zanjiri yaratilgan

2021-03-18 | Siyosat

Davlatimiz rahbari Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanidagi “TST Sluster” klasteri tomonidan bunyod etilgan sholini qayta ishlash zavodi faoliyati bilan tanishdi.

“TST Rice” nomli ushbu mas’uliyati cheklangan jamiyatda sholi yetishtirish va uni chuqur qayta ishlash bo‘yicha to‘liq sanoat zanjiri yaratilgan. O‘tgan yili 2,6 ming gektardan ortiq yerda “Lazurniy”, “Iskandar”, “Mustaqillik”, “Nukus” navlaridan mo‘l hosil yetishtirilgan.

Aytish joizki, ilgari sholikorlar faoliyati tarqoq bo‘lgani uchun tuzuk daromad ololmasdi. Ayniqsa, sholini qayta ishlashda ko‘plab muammolarga duch kelinardi.

Prezidentimizning 2021-yil 2-fevraldagi “Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroridan so‘ng sohada sifat o‘zgarishlari boshlandi, samaradorlik oshdi.

“TST Rice” majmuasi joylashgan maydon ham ilgari tashlandiq joy edi. 27 milliard so‘mlikdan ziyod loyiha tufayli ushbu 6 gektar hududda zamonaviy majmua barpo etildi. U xirmon maydoni, umumiy sig‘imi 15 ming tonnalik 2 ta yopiq ombor, sholini tozalash va quritish sexi hamda qayta ishlash zavodini o‘z ichiga olgan. 

Sholini tozalash va quritish sexi to‘rtta liniya bilan jihozlangan. Ularning har biri yordami bir smenada 120 tonna sholini quritish mumkin. Bu yerda boshqa dukkakli mahsulotlarni tozalash va quritish ham mumkin. Yana bir e’tiborli jihati, mazkur sex ko‘mirda ishlaydi.

Sholini qayta ishlash zavodi Turkiyaning “Yashar Makina” kompaniyasi uskunalari bilan jihozlangan. Ular yordamida eng yuqori navdagi guruch mahsulotlari ishlab chiqariladi. Chunki “aqlli” uskunalar guruchni nafaqat katta-kichikligi, balki rangi bo‘yicha ham saralaydi. 

Hozirgi paytda zavod bir yilda 40 ming tonna mahsulotni qayta ishlash quvvatiga ega. Istiqbolda rejalashtirilgan ikkinchi bosqich ham ishga tushirilgach, korxona quvvati ikki barobarga ortadi. 

Bu yerda zamonaviy laboratoriya ham bor. Bu yerda qabul qilinayotgan sholining namligi, quritish va qayta ishlash jarayonlari, shuningdek, guruch mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlari doimiy nazorat qilib boriladi. 
“Daladan dasturxongacha” tamoyili asosida ish yuritayotgan sholichilik klasterida joriy yilda hosildorlikni 60 sentnerdan oshirish, xorijga 100 ming AQSH dollari miqdorida guruch eksport qilish rejalashtirilgan.

“TST Rice” korxonasida 365 nafar, umuman, klasterda 8 ming 750 nafar aholi ishlamoqda.

- Mana, inson huquqlari deymiz. Eng katta huquqlardan biri - ish bilan ta’minlanish. Bizning hamma harakatlarimiz shunga qaratilgan. Odamlarni ishli qilsak, aholi jon boshiga daromadni ko‘paytirsak, sotib olish qobiliyati oshsa, boshqa hamma huquqlar o‘zi joy-joyiga tushadi. Shuning uchun Toshkent viloyatini ishsizlik minimal darajada bo‘lgan hududga aylantirmoqchimiz. Viloyatda buning uchun hamma sharoit bor, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Asosiy e’tibor eksportni ko‘paytirish, yangi bozorlarni o‘zlashtirishga qaratilmoqda. Xususan, kelgusi yili guruch eksportini 500 ming AQSH dollariga yetkazish mo‘ljallangan. Bundan tashqari, “TST Sluster” klasterining 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan to‘rt bosqichli loyihasi doirasida 114 million dollarlik tayyor to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlari eksport qilinishi ko‘zda tutilgan.

Shu yerda viloyat qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Manba: O'zA

Поделиться