O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg‘ona va Namangan viloyatlarida investitsiya va eksport faoliyati masalalari muhokama qilindi

2021-04-03 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 1-aprel kuni videokonferensiya shaklida Buxoro shahridagi studiyadan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning fevral' oyida Farg‘ona va Namangan viloyatlariga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlar ijrosini hamda ushbu hududlarda investitsiya va tashqi savdo faoliyati masalalarini o‘rganishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Davlat rahbarining Farg‘ona va Namangan viloyatlariga tashrifi yakunlari bo‘yicha tasdiqlangan tegishli Bayonnomalar mos ravishda 199 va 230 ta ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi. Yig‘ilish davomida ularni amalga oshirishning hozirgi holati ko‘rib chiqildi, bajarilgan tadbirlar yuzasidan hisobotlar tinglandi, shuningdek, mavjud masalalarni hal etish va belgilangan vazifalarni so‘zsiz ijro etish yuzasidan aniq muddatlar va kutilayotgan natijalardan iborat takliflar bildirildi. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish va ish o‘rinlari yaratish bilan bog‘liq topshiriqlarni kechiktirib ijro etgani uchun bir qator mas'ul rahbarlarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rildi.
 
Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksiga va Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasiga ushbu ko‘rsatmalarning bosqichma-bosqich bajarilishini nazorat qilish hamda tegishli hisobotlarni muntazam ravishda kiritib borish topshirildi.
 
Shuningdek, yig‘ilishda Farg‘ona va Namangan viloyatlarida hududiy investitsiya dasturlarining bajarilishini ko‘rib chiqildi. 2021 yilda Farg‘ona viloyatida umumiy qiymati 7,3 trln so‘m teng bo‘lgan 879 ta loyiha hayotga tatbiq etilishi va shuning hisobiga 20 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishi, Namangan viloyatida esa 13,8 trln so‘mlik 1 646 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi va 46,2 ming yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilganligi qayd etildi. Tasdiqlangan loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida ro‘yobga chiqarish uchun tarmoqlar, tijorat banklari va mahalliy hokimliklar rahbarlariga shaxsiy javobgarlik yuklatildi.
 
Loyihaoldi bosqichida investitsiyaviy loyihalarni baholash tizimini joriy etish zarurligi tilga olindi. Bu iqtisodiy samaraning eng yuqori ko‘rsatkichlariga ega loyihaviy takliflarni tanlash imkonini beradi. Bunda, xususan, ishlab chiqarish hajmi, eksport salohiyati, yaratilayotgan ish o‘rinlari soni, qo‘shilgan qiymat miqdori, shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki va tashqi bozorlarda bo‘lgan talab hisobga olinadi.
 
Alohida tartibda tashqi savdo faoliyati masalalari ko‘rib chiqildi. Mutasaddi rahbarlar tarmoqlar kesimida joriy eksport ko‘rsatkichlari haqida ma'lumot berib, qator muammoli masalalarni ko‘tardilar va ushbu hududlarda eksportni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi takliflarni ilgari surdilar. Shu nuqtai nazardan, yuzaga kelayotgan masalalarni tezkor aniqlash va hal etish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida tadbirkorlar va eksportchilar bilan uzluksiz muloqotni yo‘lga qo‘yishning muhimligi qayd etildi.
 
Yig‘ilish yakunida vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimliklar rahbarlari mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться