O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent viloyatida Qirg‘iziston kompaniyasi bilan hamkorlikda yirik chorvachilik majmuasi barpo etiladi

2021-03-11 | Iqtisodiyot

Ayni damda Toshkentda O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlatlari o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro hamdo‘stlik, biznes hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishga bag‘ishlangan birinchi ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 

Biznes forumda Toshkent viloyati hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov bilan Bishkek shahridagi «Indastril Korporeyshn» kompaniyasi vakillari o‘rtasida 2 ta yangi yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi. Unga ko‘ra, Toshkent viloyatida umumiy qiymati 1,5 million AQSh dollariga teng yirik chorvachilik majmuasi bunyod etiladi. Shuningdek, 1,5 million dollarlik yana bir yirik loyiha asosida yuqori darajadagi olovga chidamli g‘isht mahsulotlari hamda quvurlar ishlab chiqarish korxonasi quriladi.
 
Shodiyor MUTAHAROV

Manba: «Xalq So'zi»

Поделиться