Joriy yilning 1-aprel kuni Buxoro shahridagi Yoshlar markazi binosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov ishtirokida Buxoro viloyati tadbirkorlari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.
Muloqot tadbirkorlar va eksportchilar duch kelayotgan dolzarb muammolarni hal etish hamda yangi tashabbus va takliflarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilmoqda. Unda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari va hokimliklar rahbarlari ham ishtirok etadi.
Ishtirok etish uchun Buxoro viloyati tadbirkorlari va eksportchilarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha viloyat Shtabida tashkil etilgan call-markazining 1055 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
Tadbir soat 11:00da boshlanadi.
Manzil: Buxoro sh., Navoiy shoh ko‘chasi 10 uy.
Hurmatli tadbirkorlar! Joriy epidemiologik vaziyat tufayli tadbir ishtirokchilarining soni cheklanadi. Tadbir davomida karantin talablariga rioya etishingizni so‘raymiz.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi