O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ta'lim
Isroillik professor-o‘qituvchilar Toshkentda 04.04.2018Ta’limIsroil davlatining Xolon texnologiya instituti professor-o‘qituvchilaridan iborat delegatsiya Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. |
03.04.2018Ta’lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida “Maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida” mavzusida 2017 yil 19 dekabr kuni o‘tkazilgan videoselektor majlisi bayonida berilgan topshiriqlarga muvofiq maktabgacha ta’lim muassasalari uchun yuqori malakali kadrlarni qisqa muddatli dasturlar asosida tezkor tayyorlash maqsadida oliy ta’limning uch yillik o‘quv rejasi ishlab chiqildi. |
Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov bilan suhbat 29.03.2018Ta’limSo‘nggi paytlarda mamlakatimizda soha va tarmoqlarni tubdan rivojlantirish, jamiyat hayotini modernizatsiyalash va yangilashga doir o‘nlab me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, ular ijrosi bo‘yicha ishlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Xalq ta’limi tizimi ham shunday tub islohotlar markazida turibdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki ertangi kunimiz qanday bo‘lishini belgilovchi yosh avlod va o‘qituvchi-murabbiylarning eng katta kontingenti (5 million 250 ming nafarga yaqin o‘quvchi, 400 ming nafardan ortiq o‘qituvchi) aynan shu tizimga qamrab olingan. Chuqur bilim va hayotiy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, intellektual rivojlangan o‘g‘il-qizlarni tarbiyalash, pirovardida, O‘zbekistonning qisqa muddatlarda rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishini ta’minlashda maktablarda berilayotgan ta’lim-tarbiya nihoyatda muhim o‘rin tutadi. |
27.03.2018Ta’lim Maktabgacha ta’lim vazirligi va Puchon universiteti o‘rtasida “Toshkent shahrida Puchon universiteti filialini ochish to‘g‘risida”gi bayonnoma imzolangan edi. Ushbu filialda maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi fakulteti faoliyat yuritishi rejalashtirilgan. |
26.03.2018Jamiyat O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICЕF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi “O‘zbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha ta’limni kengaytirish uchun imkoniyat yaratishda innovatsion yondashuv” mavzusida konferensiya o‘tkazmoqda. |
O‘quvchi-qizlar uchun innovatsion sammit 26.03.2018Ta’limXalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan ilk marotaba o‘quvchi-qizlar uchun respublika innovatsion sammiti tashkil etildi. |
24.03.2018Ta’lim Bugun umumta’lim maktablarining 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadasining Qoraqalpog‘iston Republikasi, Toshkent shahri va viloyat bosqichi boshlandi. |
O‘zbekiston olimlari uchun xalqaro ta’lim resurslariga yo‘l ochildi 24.03.2018Ta’lim2018 yilning 23 mart kuni “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Niderlandiyaning “Elsevier” kompaniyasi bilan hamkorlikda “SCOPUS” va “ScienceDirect” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalari mahsulotlari uchun Milliy bitimni tantanali imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. |
2018/2019 o‘quv yilida tibbiyot oliygohlarida qabul kvotalari oshiriladi 17.03.2018Ta’lim“Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab davlat granti asosida “psixiatriya” yo‘nalishi bo‘yicha magistrlarni tayyorlash yuzasidan oliy tibbiyot ta’lim muassasalariga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasiga – 15 nafar, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Samarqand davlat tibbiyot institutiga – 10 nafardan qabul kvotalari oshiriladi. |
Sharqshunoslik institutining yangi binosi foydalanishga topshirildi 16.03.2018Ta’limO‘zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining yangi binosi foydalanishga topshirildi. |
13.03.2018Ta’lim Ma'lumki, oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovlarida abiturientlarning bilimlari umumta'lim fanlaridan, ya'ni, ona tili va adabiyot, qoraqolpoq tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, tarix, ingliz tili, nemis tili, fransuz tilifanlaridan bilimlari sinalib, ularning tanlovdagi reyting ballari aniqlanadi. |
Yangi tajriba: akademik soat ma’ruzalari videoselektor ko‘rinishida 13.03.2018Ta’limOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbariyati bilan oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan ochiq muloqotlar vaqtida talabalardan tushgan taklif asosida respublikaning barcha hududlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan holda turli fanlar bo‘yicha olib boriladigan akademik soatlar tashkil etish yo‘lga qo‘yildi. |
Samarqandda joriy yilda 106 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ochiladi 12.03.2018Ta’limBu xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan “Samarqand viloyati maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha 2018-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan. |
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” qabul qilinmoqda 12.03.2018Ta’limO‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 14 fevralda maktabgacha ta’lim tizimini isloh qilish va rivojlantirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va jihozlash, davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy bog‘chalar tashkil etish, ularda bolalarni belgilangan me’yorlar asosida to‘g‘ri va sifatli ovqatlantirish, tarbiyachilarning saviyasi, bilimi va ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan dolzarb vazifalar belgilangan edi. |
09.03.2018Texnologiyalar Endi O‘zbekistonda har yili 10-11-sinflarning iste’dodli o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika va informatika fanlari bo‘yicha ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tadi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi shu to‘g‘ridagi nizomni tasdiqladi. |
Surxondaryoda ochiladigan uchta oliygoh filiali talabalariga qo‘yiladigan talablar ma’lum qilindi 07.03.2018Ta’limO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali, Termiz davlat universitetining Denov filiali hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filialini tashkil etish qarorlari qabul qilindi. |
Maktabgacha ta’lim vaziri Navoiy viloyati bog‘chalarini ko‘zdan kechirmoqda 03.03.2018Jamiyat2016 yilning noyabr oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyeev Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi saylovchilar bilan saylovoldi uchrashuvlari o‘tkazgan edi. Uchrashuvlar davomida tumanning Sarbozor qishloq ayollari tomonidan, mazkur qishloqda 2012 yildan buyon bolalar bog‘chasi yo‘qligi aytib o‘tilgan edi. Bugunga kelib muhtaram Prezidentimiz sa’y-harakatlari bilan Sarbozor qishloq ayollarining orzusi ushaldi. |