O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ta'lim

Toshkent davlat agrar universitetida Konfutsiy instituti tashkil etiladi

06.02.2018Ta’lim

Qishloq xo’jaligi yo’nalishidagi Konfutsiy instituti dunyo tajribasida bo’lmagan va ilk bor O’zbekiston oliy ta’lim muassasasi qoshida tashkil etilmoqda.

Prezident topshirig'iga ko'ra bir qator universitetlar o'rtasida masofaviy ta'lim tizimi yaratildi

01.02.2018Texnologiyalar

Mamlakatimizda mahalliy va xalqaro internet kanallarining axborotni o'tkazuvchanlik darajasi oshib borayotgani axborot va kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta'lim tizimini joriy qilishga ham zamin yaratmoqda.

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar onlayn tarzda nostrifikatsiya qilinadi

31.01.2018Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan “Nostrifikatsiyalash uchun hujjatlarni onlayn topshirish” interaktiv xizmati ishga tushirildi.

Surxondaryo viloyatida 3 ta oliy ta’lim muassasasining filiallari faoliyatini boshlaydi

29.01.2018Ta’lim

Surxondaryo viloyatida Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali, Termiz davlat universitetining Denov filiali hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiallari 2018 yil 1 fevraldan faoliyatini boshlaydi.

Maktablarda endi o‘quvchilarning o‘zi kitobxonlikni targ‘ib qiladi

25.01.2018Ta’lim

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida yangi loyiha boshlandi.

Yangi farmon: 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga 11-sinf o‘quvchilari qabul qilinadi

25.01.2018Ta’lim

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida keltirilmoqda.

Samarqand davlat chet tillar institutida Chelyabinsk davlat madaniyat instituti ishtirokida seminar-treninglar o‘tkazildi

25.01.2018Ta’lim

Samarqand davlat chet tillar instituti va Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk davlat madaniyat instituti o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga asosan 22-23 yanvar kunlari Chelyabinsk davlat madaniyat instituti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i pedagogika fanlari doktori professor Safaraliyev Bozor Safaraliyevich, xorijiy tillar kafedrasi mudiri dotsent Digina Olga Leonidovna va “Axborot Jamiyati” ilmiy-o‘quv markazi direktori, dotsent Gushul Yuliya Vladimirovnalar institutiga tashrif buyurdi hamda ular ishtirokida seminar-treninglar tashkil etildi.

Oliy ta'lim sifatini oshirish-davr talabi

24.01.2018Ta’lim

Har jihatdan bilimli, o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan, salohiyatli kadrlarni tayorlash bugungi davr talabi sanaladi. Buxoroda ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zMUda Janubiy Koreyalik professorlar va talabalar bilan hamkorlikda seminar-teringlar o‘tkazilmoqda

24.01.2018Texnologiyalar

Jamiyat taraqqiyotida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni beqiyos. 2017 yil 15-17 avgust kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Janubiy Koreyaning Big Data assotsiatsiyasi, Chungbuk universiteti va Bigdata Research institute bilan hamkorlikda “Big Data Applications and Services (BIGDAS2017)” (Ma’lumotlar ombori ilovasini tashkillashtirish va xizmat ko‘rsatish) mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazilgan edi. Mazkur konferensiyada O‘zMU, TATU, Toshkentdagi INHA, Vestminster universitetlari, Janubiy Koreyaning Big Data assotsiatsiyasi, Chungbuk universiteti, BIG DATA ilmiy tadqiqot instituti va boshqa nufuzli ilmiy muassasalarning olimlari hamda iqtidorli talabalar ishtirok etgan edilar. Anjuman doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ilmiy-amaliy jihatlari, kompyuter, veb-saytlarni takomillashtirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashilgan edi.

O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida qancha xorijlik talaba ta’lim oladi?

18.01.2018Ta’lim

Yuzlab yigit-qizlarimiz Yevropa, Osiyo, Amerika qit’asidagi rivojlangan davlatlarning nufuzli ta’lim muassasalarida bilim olmoqda. Bu quvonarli, albatta. Biroq O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlarida-chi? Chet ellik yoshlar bizning institut va universitetlarimizda ham o‘qishadimi?

O‘zbekistonda 189 ming 809 nafar talaba “uchlik” stipendiya oladi

18.01.2018Ta’lim

Oliy o‘quv yurtlari talabalari qishki sessiya arafasida turibdi. Sinov jarayonlari, imtihonlar natijalari talabalar uchun qanchalik muhim ekanini ularning o‘zidan ko‘ra yaxshiroq anglaydigan odam bo‘lmasa kerak. Chunki reyting ballariga qarab stipendiya beriladi.

600 nafar talaba kontrakt pulini to‘lolmagani uchun o‘qishni tashlashga majbur bo‘lgan

18.01.2018Ta’lim

Har yili mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan talabalarning ma’lum qismi turli sabablarga ko‘ra o‘qishdan chetlashtiriladi yoki o‘qishni tashlashga majbur bo‘ladi.

Oliy ta’lim muassasalari uchun internet tarif rejalari ishlab chiqildi.

15.01.2018Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘rtasida imzolangan qo‘shma qarorga asosan Oliy ta’lim muassasalari uchun “O‘zbektelekom” AK tomonidan 50% gacha imtiyozli narxlar asosida hamda cheklanmagan trafik Internet tarmog‘i xizmatlari uchun tarif rejalari ishlab chiqildi.

Ijtimoiy tarmoqlar aks-sadosi: Bu yil test imtihonlarida adolat bo‘ladimi?

15.01.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi faoliyati, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabul uchun o‘tkazib kelinayotgan tadbirlar yuzasidan ba’zi saytlar orqali Davlat test markazida mavjud bo‘lmagan, kun tartibiga qo‘yilmagan masalalar bo‘yicha noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Iqtidorli o‘quvchilar uchun imkoniyat

11.01.2018Ta’lim

Shu kunlarda yurtimiz umumta’lim maktablarida 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fanlar olimpiadasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Fanlar olimpiadasi – iqtidorlar uchun imkoniyat

10.01.2018Ta’lim

Maktab o‘quvchilarining bilim darajasini aniqlash, umumta’lim fanlariga qiziqishini yanada oshirish va ularni rag‘batlantirish maqsadida har yili yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida an’anaviy tarzda fan olimpiadasi o‘tkazib kelinmoqda.

Respublikamiz Oliy ta’lim muassasalari va O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining daromadlariga 2018 yil 1 yanvardan boshlab soliq va majburiy to‘lovlardan imtiyozlar berildi

10.01.2018Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra Byudjet tashkilotlari jumladan, Respublikamiz oliy ta’lim muassasalari va O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy oliy ta’lim muassasalariga soliq va majburiy ajratmalardan imtiyozlar tadbiq etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan AT-maktab 10-sinfga kirish imtihonlarini o‘tkazdi

09.01.2018Ta’lim

2018 yilning 7 yanvar kuni poytaxtimizdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2017-2018 o‘quv yili uchun 10-sinfga kirish imtihonlarini o‘tkazdi.