O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ta'lim
21.10.2017Ta’lim Buyuk Britaniyaning Oksford shahrida joylashgan dunyoning nufuzli Yevropa Biznes Assambleyasi 1923 yilda asos solingan bo‘lib, dunyodagi ilm, fan va ishbilarmonlik sohasidagi erishilgan yuksak natijalarni e’tirof etib boradi. |
Ta’lim olish huquqi kafolatlanadi 18.10.2017Ta’lim“Har kim bilim olish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi hamda voyaga yetmaganlar bo‘yicha idoralararo respublika komissiyasi bilan hamkorlikda “Ta’lim olish huquqini kafolatlash mexanizmlarini takomillashtirish” mavzuida tashkil etilgan davra suhbatida ta’lim olishning huquqiy kafolatlariga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. |
"Yilning eng yaxshi to‘garak rahbari" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi 15.10.2017Ta’limO‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan "Yilning eng yaxshi to‘garak rahbari" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. |
06.10.2017Ta’lim Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida chuqurlashtirilgan rus tilini o‘rganish kurslarida tahsil olayotgan 810 nafar o‘quvchi I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialining “Hududiy tayyorlov kursi”ga qabul qilinishi uchun test sinovlaridan o‘tkazildi. |
Ta’lim olish uchun yo‘naltirilgan soliq imtiyozlari 05.10.2017Ta’limO‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun (o‘zining o‘qishi yoki yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining o‘qishi uchun) yo‘naltiriladigan fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlariga jismoniy shaxslardan daromad solig‘i olinmaydi. |
“Turkiston” saroyida O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi 30.09.2017Ta’limYoshlarning teran ma’naviyat, yuksak intellektual salohiyat sohibi bo‘lib kamolga yetishi ko‘p jihatdan fidoyi ustozlar, kasbiga sodiq o‘qituvchilar, jonkuyar murabbiylarga bog‘liq. Mamlakatimizda 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng nishonlanayotgan shu kunlarda ayni jihatlar yana bir karra o‘zining yorqin ifodasini topmoqda. |
27.09.2017Ta’lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabr kuni qabul qilingan “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Nukus davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti va Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufiga berildi. |
Akademik litseylarda o‘qish muddati ikki yil etib belgilanadi 27.09.2017Ta’limO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrda qabul qilingan “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab akademik litseylarda o‘qish muddati ikki yil etib belgilanadi va ularga o‘quv-metodik jihatdan rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga o‘quvchilar 5-sinfdan qabul qilinadi 15.09.2017Ta’limKecha, 14-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. |
Toshkent davlat yuridik universitetida imtihonlar qanday o‘tdi? 13.09.2017Ta’limMilliy matbuot markazida Toshkent davlat yuridik universiteti mas’ul xodimlari tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2017/2018 o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlari natijalari, o‘quv-tarbiyaviy jarayon sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi, jurnalistlar savollariga javob qaytarildi. |
Bugun mamlakatimizdagi umumta’lim maktablarida Bilimlar kuni tadbirlari bo‘lib o‘tdi 02.09.2017Ta’lim2-sentabr kuni barcha maktablarda istiqlolimizning 26-yilligi munosabati bilan "Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!" shiori ostida "Mustaqillik darsi" hamda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan "Xotira darslari" o‘tkazildi. Ushbu darslarga adib va shoirlar, olimlar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, mahalla faollari keng jalb etildi. |
10-sinf darsliklari yangicha mazmun va ko‘rinishda 11.08.2017Ta’limJoriy yilning 2 avgust kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani ta’minlagan holda 11 yillik o‘rta ta’lim tizimini joriy etish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan isloh qilish choralariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. |
AQSH-O‘zbekiston olimlarining ikkinchi xalqaro konferensiyasi haqida ma’lumot 09.08.2017JamiyatMamlakatimiz taraqqiyotining bosh omillardan biri jamiyat istiqbolini belgilaydigan va zamon talablariga javob beradigan ta’lim tizimini rivojlantirish masalasidir. |
“O‘zekspomarkaz”da birinchi marotaba test sinovlari o‘tkazildi 02.08.2017Ta’limErta tongdan poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasi Toshkent davlat yuridik universitetida o‘qish niyatida ariza topshirgan 6 ming 120 dan ortiq abituriyent, ularning ota-onalari, yaqinlari hamda test jarayonlarining belgilangan talablar doirasida o‘tishini ta’minlashga mas’ul idoralar vakillari bilan gavjum bo‘ldi. |
IUT hamda Koreyadagi Inha universiteti hamkorlikni kengaytirmoqda 18.07.2017Ta’limToshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) hamda Koreya Respublikasidagi Inha universiteti hamkorlikni kengaytirish, jumladan, professorlarni tayyorlash va IUTning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida kelishib olishdi. |
Bitiruvchilarga diplomlar topshirildi 04.07.2017Ta’limO‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyida Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriat va magistratura bosqichlari bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. |
Jizzax oliy harbiy bilim yurtida aviatsiya mutaxassislari parvozga yo‘llanma oldi 28.06.2017Ta’limJizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtini bitirgan yosh mutaxassislarga diplom va ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. |
Abituriyentlardan hujjat qabul qilishda AKT imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda 28.06.2017Ta’limI.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialida navbatdagi o‘quv yili uchun abituriyentlardan hujjat qabul qilinmoqda. |
“Vatanga qasamyod” monumenti poyida yosh ofitserlarga diplomlar topshirildi 28.06.2017Ta’limO‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining oliy harbiy ta’lim muassasalarida leytenant unvonini olgan yosh ofitserlar bitiruviga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Ularda davlat va jamoat tashkilotlari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi vakillari hamda bitiruvchilarning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdi. |