O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samarqandda joriy yilda 106 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ochiladi
2018-03-12 | Ta’lim
Bu xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan tasdiqlangan “Samarqand viloyati maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha 2018-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan.
Shuningdek, 112 ta mavjud binoda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat MTM tashkil etiladi. 15 ta uy bog‘cha faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, investitsiya dasturi bo‘yicha 10 ta yangi davlat MTM qurish, 50 ta muassasani rekonstruksiya qilish, 7 tasini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan.