O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Maktabgacha ta’lim vaziri Navoiy viloyati bog‘chalarini ko‘zdan kechirmoqda
2018-03-03 | Jamiyat
2016 yilning noyabr oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyeev Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi saylovchilar bilan saylovoldi uchrashuvlari o‘tkazgan edi. Uchrashuvlar davomida tumanning Sarbozor qishloq ayollari tomonidan, mazkur qishloqda 2012 yildan buyon bolalar bog‘chasi yo‘qligi aytib o‘tilgan edi. Bugunga kelib muhtaram Prezidentimiz sa’y-harakatlari bilan Sarbozor qishloq ayollarining orzusi ushaldi.
Kuni-kecha Navbaxor tumanidan 10 km. masofa uzoqlikda joylashgan ushbu qishloqda yangi zamon talablariga javob bera oladigan “Yulduzcha” nomli 10-maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi. Mazkur bog‘cha “Quruvchi Navoiy” qurilish tashkiloti tomonidan bunyod etilib,uning sig‘imi 120 bolaga mo‘ljallangan.
Muassasaning yangi binosida bolalarimizga jahon andazalari asosida ta’lim va tarbiya berish uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Xonalar yorug‘ va shinam, barcha inventarlar mavjud. Rus tili, ingliz tili, sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Bugun Maktabgacha ta’lim vaziri A.Shin ushbu maktabgacha ta’lim muassasida bo‘lib, bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Qolaversa, muassasaning o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga alohida e’tibor qaratish yuzasidan o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi.