O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Maktabgacha ta’lim tizimi uchun yuqori malakali pedagoglarni tayyorlash bo‘yicha bakalavriatning yangilangan 5111800-“Maktabgacha ta’lim” 3 yillik o‘quv rejalari koreyalik mutaxassislar tomonidan tayyorlandi

2018-04-03 | Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida “Maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va istiqboldagi vazifalar to‘g‘risida” mavzusida 2017 yil 19 dekabr kuni o‘tkazilgan videoselektor majlisi bayonida berilgan topshiriqlarga muvofiq maktabgacha ta’lim muassasalari uchun yuqori malakali kadrlarni qisqa muddatli dasturlar asosida tezkor tayyorlash maqsadida oliy ta’limning uch yillik o‘quv rejasi ishlab chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Koreyaning Puchon (Bucheon) universiteti o‘rtasida imzolangan qo‘shma bayonga muvofiq ushbu universitetning maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagoglarni tayyorlash bo‘yicha Toshkent shahrida tashkil qilinishi rejalashtirilgan filiali uchun uch yillik o‘quv reja Koreya mutaxassislari tomonidan tayyorlandi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Koreyaning Puchon (Bucheon) universitetining Toshkentdagi filialida maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘yicha ishlab chiqilgan mazkur uch yillik o‘quv rejalar atroflicha muhokama qilindi. Muhokamada Koreyaning Puchon (Bucheon) universiteti professori Li Xii Kyuung, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari U.Begimkulov, bo‘lim boshlig‘i A.Xodjayev, Maktabgacha ta’lim vazirligi vakili S.Abdullayeva, Toshkent davlat pedagogika universiteti mutaxassislari A.Xo‘jayev, G.Jampesova va boshqalar ishtirok etdi.

Muhokama jarayonida mazkur o‘quv rejalarni bugungi kun talablaridan kelib chiqib yanada takomillashtirish, fanlar tarkibi va mazmunini muvofiqlashtirish va tez kunda fan dasturlarini ishlab chiqishga kelishildi.

Поделиться