O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Puchon universiteti professori Li Dong Vuk Toshkentda universitet filialini tashkil etish bo‘yicha guruh rahbari etib tayinlandi

2018-03-27 | Ta’lim

Maktabgacha ta’lim vazirligi va Puchon universiteti o‘rtasida “Toshkent shahrida Puchon universiteti filialini ochish to‘g‘risida”gi bayonnoma imzolangan edi. Ushbu filialda maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi fakulteti faoliyat yuritishi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 26 mart kuni Puchon universiteti professorlari janob Li Dong Vuk va Li Xi Gyung xonimalar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda hamkorlik munosabatlarining istiqboldagi rejalari muhokama qilindi. Xususan, universitet filiali qurilishini tezlashtirish (Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Pedagogika kolleji xududida mazkur filialni qurish uchun yer maydoni ajratilgan), mamlakatimiz pedagogika oliy o‘quv yurtidagi 3 yillik bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma o‘quv rejasini ishlab chiqish kabi masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar shuningdek, maktabgacha ta’lim sohasi vakillarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari, O‘zbekiston Respbulikasida maktabgacha ta’lim davlat dasturi ishlab chiqishda hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qilishdi. Uchrashuv yakunida mehmonlar tomonidan Maktabgacha ta’lim vazirligiga koreyalik mualliflar tomonidan yaratilgan o‘quv-uslubiy materiallar bepul tarzda taqdim etildi.

Поделиться