O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yosh matematiklarimiz tantanali kutib olindi

2018-07-09 | Jamiyat

Joriy yilning 1-6 iyul kunlari Bolgariya davlatining Burgas shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida xalqaro matematika musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimiz vakillari musobaqa tarixida ilk bor umumjamoa hisobida yaxshi natijani qayd etdi. 

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yosh matematiklarimizni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi mas’ullari, keng jamoatchilik vakillari, ota-onalar, yoshlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari tantanali kutib oldi. 

Ushbu nufuzli xalqaro musobaqada dunyoning 30 dan ortiq davlatidan 600 dan ortiq iqtidorli o‘quvchi qatnashdi. Jamoalar o‘rtasida o‘tkazilgan bilimlar bahsida Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Doniyor Ismoilov barcha shartlarda yuqori natija qayd etib, birinchi o‘rin bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu ta’lim muassasasining 7-sinf o‘quvchisi Lazizbek Rajabboyev, Peshku tumanidagi 18-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi Jahongir Norboyev kumush medal, Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 4-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 7-sinf o‘quvchisi Iskandar Bo‘riyev hamda Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi 4-umumta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Muhammadrizo Majidov esa bronza medali bilan taqdirlandi. 

– Matematika fanidan murakkab tenglamalarni yechishni yaxshi ko‘raman, – deydi musobaqa g‘olibi, Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi D.Ismoilov. – Ushbu nufuzli musobaqada qatnashish uchun juda ko‘p tayyorlandim. Bellashuvlarda bu menga qo‘l keldi va o‘z mahoratimni sinovdan o‘tkazdim. Asosiysi boshqa davlatlardan kelgan tengdoshlarim bilan do‘stlashdim. 

So‘ngi yillar mamlakatimizda ta’lim tizimi tubdan isloh qilinib, o‘qitish jarayoniga ilg‘or metodik usullar, yangi pedagogik texnologiyalar tatbiq qilindi. Buning natijasida yoshlarning fanlarga qiziqishi oshib, nufuzli ko‘rik-tanlov va intellektual musobaqalarda zafar quchmoqda. 
– Qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatlarimda ota-onam va ustozlarimning mehnati yuqori bo‘ldi, – deydi musobaqaning kumush medal sohibi, Peshku tumanidagi 18-umumta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi J.Norboyev. – Ustozlarim bergan bilim va tavsiyalari tufayli ushbu xalqaro musobaqada yaxshi natija ko‘rsatib, mamlakatimiz sharafini himoya qildim. Jamoaviy hamda yakka tartibdagi bahslarda bizga berilgan matematik tenglamalarni to‘g‘ri yechishda unchalik qiynalmagan bo‘lsam ham lekin biroz hayajonlandim. Kelgusida o‘z ustimda yanada ko‘proq ishlab, bundanda yuqori natijalarga erishishni maqsad qilganman. 
 

Abdulaziz Musayev, Farhod Abdurasulov (surat), O‘zA

Поделиться