O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy o‘quv yurtlariga qabul davom etmoqda

2018-06-26 | Ta’lim

Oliy ta’lim muassasalarida 2018/2019 o‘quv yili uchun qabul jarayoni davom etmoqda. Farg‘ona davlat universitetida ham abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida navqiron avlodda yangicha tafakkur shakllanib, hayotga munosabati, dunyoqarashi o‘zgarmoqda. Bugungi yoshlar o‘z kelajagini puxta bilim olish, tanlagan sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lishni el-yurt ravnaqi yo‘lida samarali mehnat qilish bilan uyg‘un holda ko‘rmoqda.
 
Bu yurtimizda yoshlarning oliy ma’lumotli bo‘lishga intilishi yil sayin ortib borayotganida ham yaqqol namoyon bo‘layotir. Xususan, joriy yil Farg‘ona davlat universitetida 32 ta’lim yo‘nalishiga 2025 qabul kvotasi ajratilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilgi qabul miqdoriga nisbatan 425 taga ko‘pdir. 2018/2019 o‘quv yilida mazkur oliy o‘quv yurtida pedagogika va psixologiya, maktabgacha ta’lim, musiqa ta’limi, zooinjeneriya (asalarichilik), amaliy matematika va informatika kabi yangi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash rejalashtirilgan.
 
Davlatimiz rahbarining bevosita taklifi bilan tashkil etilgan zooinjeneriya (asalarichilik) yo‘nalishiga 20 ta, maktabgacha ta’lim yo‘nalishiga 100 ta kvota ajratilgani viloyatda mazkur sohalarda mutaxassis-kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqoriligini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, magistratura bo‘limida 20 mutaxassislik bo‘yicha 101 ta, 7 pedagogik ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha maxsus sirtqi ta’lim uchun 69 ta qabul ko‘zda tutilgan.
 
Ayni kunlarda universitetning 7 binosida abituriyentlardan hujjat qabul qilish tashkil etildi. Universitetning markaziy binosi oldi nogironligi bor shaxslar uchun hujjat qabul qilish joyi sifatida belgilangan.
 
– Qabul joylarida abituriyentlarga test sinovlarini topshirish texnologiyasini o‘rgatish maqsadida kompyuter va videoproyektor uskunalari bilan jihozlangan maslahat xonalari tashkil etildi, –deydi Farg‘ona davlat universiteti qabul komissiyasi mas’ul kotibi Ravshan Pirnazarov. – Abituriyentlar va ularning ota-onalari qabul joylarini qiynalmasdan topishi uchun maxsus ko‘rsatkich va chizma-sxemalar o‘rnatildi. Har bir qabul joyi oldiga e’lonlar doskasi, ta’lim yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’lumot beruvchi targ‘ibot vositalari o‘rnatilgani, ayniqsa, qabulga oid savollarga javob berish maqsadida ma’lumotlar markazi va ishonch telefonlari tashkil etilgani qabul jarayonining sifatli va muammolarsiz o‘tishini ta’minlamoqda.
 
Farg‘ona politexnika institutida ham 2018/2019 o‘quv yili uchun mexanika-mashinasozlik, energetika, qurilish, ishlab chiqarishda boshqaruv, kimyo-texnologiya fakultetlarining 30 ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 1905 ta, 12 magistratura mutaxassisligiga 66 ta qabul kvotasi ajratildi. Institut qabul komissiyasi tarkibiga 300 dan ziyod professor-o‘qituvchi biriktirilib, har bir fakultetda bittadan “call centre” tashkil etildi, ya’ni fakultetlardagi qabul jarayoni, abituriyentlar va ularning ota-onalaridan tushgan murojaatlarga javoblar yuzasidan to‘la axborot beruvchi markaz o‘z faoliyatini boshladi. Fakultetlar va barcha ta’lim yo‘nalishlari, ularga ajratilgan qabul kvotalari, test sinovlari topshiriladigan fanlar haqida to‘liq ma’lumot beruvchi bannerlar o‘rnatilgan.
 
– Maxsus ko‘rsatkichlar orqali qabul joyini qiynalmay topdim, – deydi Oltiariq tumanidan kelgan abituriyent Iqboljon Rahmonaliyev. – 2015 yilda tumanimizdagi qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejini tamomlaganman. Hujjatlarimni mexanika-mashinasozlik fakulteti mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish yo‘nalishiga topshirdim. Test sinovlarining yangi tartib-qoidalari bilan ham batafsiltanishdim.
 

Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA

Поделиться