O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasining Londondagi elchixonasi bilan hamkorlikda “Buyuk Britaniya ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish” mavzusiga bag‘ishlangan videoseminar bo‘lib o‘tdi
2018-06-26 | Ta’lim
Videoseminarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U.Begimkulov, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Kris Allan, Xalq ta’lim vaziri o‘rinbosari S.Babaxodjayev, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rais o‘rinbosari Sh.Shoraxmetov hamda boshqa vazirlik va idoralar rahbar xodimlari, shuningdek Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlari qatnashdi.
Videoseminarda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi va qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalarni o‘qitishni tashkil etish, ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish, o‘quv jarayoniga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarning keng jalb qilish hamda O‘zbekistonda xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish masalalari bo‘yicha muhokama etildi.