O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi delegatsiyasi Gruziya Respublikasiga tashrif buyurdi
2018-07-10 | Ta’lim
Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda kasbiy ta’lim” loyihasi doirasida Gruziyaning Tbilisi shahrida joriy yil 26 iyun – 01 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan “Kasbiy ta’limda dual tizimini joriy etish tajribasi” mavzusidagi xalqaro mintaqaviy anjumanda vazirlik delegatsiyasi ishtirok etdi.
Gruziya Respublikasining Ta’lim va fan vazirligida kasbiy ta’limda “dual tizimi” Gruziyaning ta’lim tizimida tutgan o‘rni, bitiruvchilarni ishga joylashtirish, ta’lim jarayonida ish beruvchilarning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha ilg‘or tajribalar va amaliyotga bag‘ishlangan ma’ruzalar hamda davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi. Anjuman ishtirokchilariga misol sifatida qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga ihtisoslashtirilgan kollejida dual tizimi asosida ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda ta’lim jarayoni tashkil qilinganligi namoyish etildi.
Anjuman va uning doirasidagi davra suhbatlari ko‘tarinki ruhda, savol-javoblar va qizg‘in munozaralarga boy tarzda o‘tkazildi. Ushbu safar sermazmun bo‘lib, ta’lim sifatini oshirish, tizimni rivojlantirish hamda halqaro aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.