O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Respublika Oliy ta’lim muassasalari chet el nufuzli ta’lim va ilm markazlari bilan samarali hamkorlikni kengaytirmoqda
2018-07-17 | Ta’lim
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Turkiyaning Kastamonu universiteti bilan hamkorlik qiladi.
2018 yilning 14 iyul kuni Turkiyaning Kastamonu Universiteti rektori, professor. Seyit Aydin boshchiligidagi delegatsiya Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida har ikkala OTMlarning rahbarlari tomonidan universitetlarining faoliyatlari, mavjud salohiyatlari va kelgusida o‘quv va ilmiy sohalardagi hamkor aloqalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida fikrlar almashinildi. Uchrashuv natijalari asosida TIQXMMI va Turkiyaning Kastamonu Universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlik shartnomasi, shuningdek “Mevlana almashinuv” dasturi doirasidagi 2 ta shartnomalar rektorlar tomonidan imzolandi.
“Mevlana almashinuv” dasturi Turkiya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvini ko‘zda tutuvchi dastur bo‘lib,dunyoning barcha oliy ta’lim muassasalarini o‘z ichiga oladi. Mazkur “Mevlana almashinuv” dasturi doirasida imzolangan shartnomalar 2018-2023 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, ular doirasida TIQXMMI hamda TurkiyaningKastamonu Universiteti o‘rtasida o‘zaro professor-o‘qituvchilari hamda talabalarni o‘zaro almashinuvini tashkil etiladi.
Bu ikki OTM uchun ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, xalqaro loyihalarni amalga oshirishda katta tajribaga ega bo‘lgan Turkiya Kastamonu Universiteti bilan imzolangan shartnomalar faqatgina almashinuv dasturi bo‘libgina qolmasdan, ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida yuqori bilimga ega bo‘lgan, bugungi kunda iqtisodiyotning shiddat bilan rivojlanayotgan davrida qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlarida mazkur sohani istiqbolli natijalarga olib chiqa oladigan, yuqori bilim, ko‘nikma va tajribaga ega bo‘lgan innovatsion qarashlarga ega kadrlarni yetishtirishda katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
TIQXMMI va Turkiyaning Kastamonu universiteti o‘rtasida imzolangan shartnomalar doirasida 2018-2019 o‘quv yilida jami 14 nafar professor-o‘qituvchilar va 10 bakalavr, 5 nafar magistr va 5 nafar PhD yosh tadqiqotchilari o‘zaro tajriba almashinuvi amalga oshiriladi.
Ushbu ta’lim jarayonida ikki davlat o‘rtasida amalga oshirilayotgan muhim tadbirlardan biri bo‘lib, ikki mamlakat fan, ta’lim va innovatsion faoliyat bo‘yicha bajarilayotgan ilmiy izlanishlar va qo‘llanilayotgan texnologiyalar bilan yaqindan tanishish, ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari hamda tajribalar bilan tanishgan holda, iqtisodiyotning qishloq va suv xo‘jaligi tarmog‘ida yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, shuningdek xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishda katta ahamiyatga egadir.