O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yoshlarning istagi ­- ta’lim olish!

2018-07-31 | Jamiyat

“Yoshlar ­- kelajagimiz”davlat dasturining Toshkent shahri bo‘yicha ishchi guruhi rahbari, Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov poytaxtimizning 26 iyun kuni Yunusobod tumani yoshlari bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi. Uchrashuv Botanika bog‘ida bo‘lib o‘tdi.

64 gektar maydonga ega bog‘ning ichiga qurilgan tomoshagohda bandlikka ko‘maklashishi markazlari, tijorat banklari yoshlarga o‘z xizmatlarini taklif qildi. Ulardan tashqari ish beruvchilarning o‘zlari ham mazkur tadbirda qatnashib, bevosita bo‘sh ish o‘rinlari haqida yoshlarga ma’lumotlar berdi. Shuningdek, tumanda joylashgan tadbirkorlar ham o‘z mahsulotlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Ishchi guruh rahbarlari tadbirda 16 bahorini qarshilagan yoshlarga pasportlarini topshirdilar. Tantanali ravishda pasportlarini qo‘llariga olgan yoshlar, ularning ota-onalari hamda tadbirning boshqa ishtirokchilari mashhur san’atkorlar, bolalar raqs guruhlari ishtirokidagi konsertdan bahramand bo‘ldilar.

Shuningdek, tadbir doirasida o‘tkazilgan “Start-ap kuni” ham tadbirkorlikka ishtiyoqi bor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash aksiyasiga aylandi. Ularning loyihalariga imtiyozli kreditlar berish masalalari o‘rganilib, tegishli idoralar, muassasalar tomonidan zarur yordam qo‘li cho‘zildi, ishlanmalarini mukammallashtirish bo‘yicha maslahatlar berildi.

28 iyun kuni esa Yakkasaroy tumanidagi yoshlar bilan uchrashuv poytaxtimizning qoq markazidagi “Moviy gumbazlar” xiyobonida tashkil etildi. U yerda ham yoshlar bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etishdi, yosh tadbirkorlarning mehnat mahsullari bilan tanishdilar.

Ta’kidlash joizki, har ikki tumanning ham yoshlari g‘ayratli, yangilikka chanqoqligi ular bilan qariyb bir oydan beri ishlayotgan ishchi guruh vakillariga yaqqol namoyon bo‘ldi. Ularning aksariyati tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga ishtiyoqi bor, o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yganlari ham ko‘pchilikni tashkil qiladi. O‘z ishini endi boshlash arafasidagilar ham, biznesini kengaytirib, rivojlantirmoqchi bo‘lganlar ham davlat banklar tomonidan berilayotgan kreditlardan foydalanish istagini bildirdilar.

Shu bilan bir qatorda ishchi guruhlarning uyma-uy, mahallama-mahalla yurib o‘rganishlaridan yoshlar endi kasb-hunarga emas, balki oliy ta’lim olishga ko‘proq qiziqish bildirayotganlari aniqlandi, kasb-hunar bilan oliy ta’limga ega bo‘lish istagidagi yoshlarning sonidagi farq bir necha baravarni tashkil qilayotganini namoyon bo‘ldi. Yoshlarning kasanachilik bilan shug‘ullanishga ham ishtiyoqlari baland emasligi, ular jamoada ishlash istagida ekanliklari ham alohida e’tiborni tortdi. Yoshlarning o‘qishga ishtiyoqi tadbirkorlik qilishdan ham, harbiy xizmatga borishdan ham yuqori ekanligi qayd etildi.

Hali yoshlarning muammolari, ularning istak-xohishlarini o‘rganish davom etmoqda, ammo ayni kundagi ko‘rsatkichlar ham Innovatsiya vazirligi oldiga qo‘ygan vazifa - inson kapitalini rivojlantirish masalasi aktual ekanini ko‘rsatmoqda. Demak, ta’limning barcha bosqichlarini – maktabgacha ta’limdan boshlab, oliy ta’limdan keyingi ta’limgacha bo‘lgan tizim faoliyatiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritish,ta’lim muassasalarining sonini ko‘paytirish lozim. Muhimi, barcha yoshlarimiz ta’limning barcha bosqichlaridan birdek foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari shart.

Поделиться