O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalq ta’limi vazirligi Jahon Banki bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

2018-07-20 | Jamiyat

Joriy yilning 18-iyul kuni Xalq ta’limi vazirligida vazir o‘rinbosari Atabek Nazirov rahbarligida Stefka Slava va Arman Vatyan boshchiligidagi Jahon Banki delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xalq ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash doirasida o‘tkazildi.

Tadbirda Jahon Banki ekspertlari xalq ta’limi boshqaruv tizimida mavjud ma’muriy va iqtisodiy muammolar bilan tanishtirildi. Uchrashuvda, shuningdek, ma’muriy va iqtisodiy boshqaruvning shaffof emasligi, byudjetni rejalashtirish, moliyaviy nazorat, moddiy-texnik ta’minot jarayonlari, qurilish-ta’mirlash ishlari va maktablarni jihozlash, shuningdek, maktablarning muvozanatga solinmagan yuki va korrupsiyaga qarshi kurash kabi muammolarning kompleks yechimi muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Jahon Banki 30 mln AQSH dollari qiymatidagi O‘zbekiston Respublikasi hududidagi o‘zining ilk pilot loyihasini ishga tushirdi. Mazkur loyihaning maqsadi xalq ta’limi tizimida davlat mablag‘lari boshqaruvini, islohotlar va qayta tuzishlarni takomillashtirish bo‘ladi. Loyiha konsepsiyasi qisqa muddatda ishlab chiqilib, Xalq ta’limi vazirligi rahbariyatiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.Shuningdek, loyihani amalga oshirish uchun Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi va Jahon Banki vakillaridan iborat ekcpert ishchi guruhi tashkil etiladi. Loyihaning ishga tushirilishi 2019-yilning yanvar oyida boshlanib, uni amalga oshirishga taxminan 4 yil vaqt ketadi.

Поделиться