O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ixtisoslashtirilgan AT-maktabga qabul jarayonlari boshlandi

2018-07-04 | Ta’lim

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2018-2019 o‘quv yili uchun 5-sinf o‘quvchilarini qabul qilish maqsadida tanlov e’lon qiladi.

Tanlov matematika, ingliz tili fanlaridan yozma shaklda davlat (o‘zbek) tilida o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:

1. Maktab direktori nomiga ariza;

2. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma nusxasi;

3. 086/U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;

4. Yashash joyidan ma’lumotnoma (viloyatdan kelgan o‘quvchilar Toshkent shahrida yashovchi qarindoshlari tomonidan vasiylikka olinganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim qilishi shart);

5. 3x4 hajmda 6 ta fotosurat (oq fon, maktab formasida);

6. O‘quvchining o‘zlashtirish tabeli nusxasi (1-4-sinf);

7. Ota va ona pasport nusxalari;

8. Hujjatlar jamlanmasi uchun papka (fayl papkasi).

Hujjatlarni qabul qilish Ixtisoslashtirilgan maktab binosi 1-qavatida 2018 yil 2-20 iyul kunlari soat 9:00dan 17:00 ga qadar amalga oshiriladi.

Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani,Tepamasjid ko‘chasi, 4-uy.

Telefon raqami: 262-15-29 (qabulxona), 262-15-38 (o‘quv bo‘limi)

Tanlov Toshkent shahridagi Inha universiteti binosida shaffoflikni ta’minlash maqsadida bevosita videokuzatuvlar o‘rnatilgan holda Inha universiteti va Ixtisoslashtirilgan maktab o‘qituvchilari tomonidan o‘tkaziladi.

Поделиться