O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AQSHning nufuzli Yel universiteti bitiruvchisi xalq ta’limi tizimidagi islohotlarda ko‘maklashish maqsadida vazirlik jamoasiga qo‘shildi

2018-07-23 | Jamiyat

Prezidentimiz tomonidan xalq ta’limi tizimida boshlab berilgan tom ma’nodagi keng ko‘lamli islohotlar xalqaro ekspertlarni ham ruhlantirib, ushbu islohotlarni hayotga tatbiq etishda ishtirok etishga undamoqda. Chunki ta’limni rivojlantirish mamlakatning ravnaq topishidagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

Yel universiteti bitiruvchisi, Avstriya davlati fuqarosi I.Mitchka universitet bitiruvchilari tarmog‘i orqali mazkur dargohni tamomlagan Xalq ta’limi vaziri Sh.Shermatovning chaqirig‘iga javoban tizimda boshlangan islohotlarga beg‘araz yordam berish maqsadida Xalq ta’limi vaziri jamoasi maslahatchi sifatida qo‘shildi.

I.Mitchka moliya sohasida xalqaro tajribaga ega bo‘lib, xususan dunyodagi yirik investitsion banklaridan biri hisoblangan Goldman Sachs (AQSH)da faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun: Yeli universiteti (AQSH) (ingl. Yale University) dunyodagi eng yaxshi universitetlardan biri bo‘lib, Amerikaning eng nufuzli sakkizta xususiy universitetlari uyushmasi – “The Ivy League”ning a’zosidir.

I.Mitchka Xalq ta’limi vazirligi huzurida Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish ustida ish olib borayotgan maxsus ekspert-tahlil guruhida yangi Ta’limni rivojlantirish markazi konsepsiyasini yaratish bo‘yicha ishlamoqda. Ekspert maktab bitiruvchilari zamon talablariga tayyor bo‘lishlari uchun ta’limga yangicha yondashuvlarni joriy etishda xorijlik hamkorlarni jalb etish bilan faol shug‘ullanmoqda. Xususan, muvaffaqiyatli karyera qilish uchun zarur bo‘ladigan quyidagi malakalarni o‘qitishni takomillashtirish imkoniyatlari o‘rganib chiqilmoqda:

– dasturlash va AKT imkoniyatlaridan foydalanish;

– tadbirkorlik ko‘nikmalari va muzokaralar;

– muvaffaqiyatga erishish uchun o‘quvchilar ishtiyoqini oshirish.

Mazkur maslahatchining jalb qilinishi ta’lim sohasiga eng yangi g‘oyalarni joriy qilish, shuningdek, xorijlik hamkorlar bilan birgalikdagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

Поделиться