O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tadbirkorlik

Tadbirkorlik kodeksi ishlab chiqilmoqda

15.06.2021IqtisodiyotManba: O'zA

Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqib, Tadbirkorlik kodeksi loyihasini ishlab chiqish belgilangan.

Standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish yo‘lida navbatdagi qadamdir

08.06.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

7-iyun kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori, shuningdek, ushbu hujjatlar qabul qilinishi munosabati bilan mamlakatda texnik tartibga solish sohasida kutilayotgan o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini ochib berishga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida yangicha yondashuv

07.06.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Prezidentimizning texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya sohalarida tarkibiy islohotlarni yana-da chuqurlashtirish, sohani xalqaro andozalarga moslashtirish, standartlardan keng foydalanish muhitini yaratish, muvofiqlikni baholash jarayonlariga zamonaviy uslublarni joriy qilishga oid imzolagan Qaror va Farmonlari ijrosini taʼminlashga qaratilgan OAV xodimlari uchun matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda.

Ko‘chma savdo faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish va savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida

05.06.2021HujjatlarManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Hukumat komissiyasi surxondaryolik tadbirkorlar muammolarini tingladi

27.05.2021IqtisodiyotManba: O'zA

Sherobod tumanida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov boshchiligidagi vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari vakillaridan iborat Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hukumat komissiyasining surxondaryolik tadbirkorlar hamda eksportchilar uchun ochiq muloqoti tashkil etildi.

DP World – O‘zbekistonning logistika va tashqi savdoni raqamlashtirish sohasidagi muhim hamkori

18.05.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning dunyoning eng yirik logistika operatorlaridan biri bo‘lgan Birlashgan Arab Amirliklarining “DP World” kompaniyasi rahbariyatining vakili, raqamli texnologiyalar va logistika bo‘yicha bosh operasion direktori Mayk Bhaskaran bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Investitsiyalarni jalb etish, sanoatni rivojlantirish va eksportni oshirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirildi

11.05.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbariyati ishtirokida videokonferensiya shaklida investitsiyalarni jalb etish, sanoat tarmoqlarini rivojlantirish va eksport hajmini oshirishni yanada rag‘batlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish vazifalari muhokama qilindi

10.05.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi. Unda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “O‘zstandart” agentligi rahbariyati ishtirok etdi.

“Tadbirkorlar istaklarining amaliy ro‘yobi. Iqtisodiy zonalar infratuzilmasi qanday yaxshilanadi?”

10.05.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining mamlakatimizdagi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Fransiyalik hamkorlar bilan yangi o‘zaro manfaatli kelishuvlarga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda

08.05.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida fransiyalik hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va savdo bitimlarining hozirgi holati, shuningdek, Fransiya hukumati va ishbilarmon doiralari ishtirokidagi kelgusi tadbirlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni savdo - iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lidagi keyingi qadamlar muhokama qilindi

04.05.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 3-may kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasining Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Ar-Riyod shahrida Saudiya Arabistoni Podshohligining investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih bilan uchrashdi.

Andijon viloyati tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

03.05.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 1-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligida hamda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlaridan iborat Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tadbirkorlar muammolarini aniqlash va hal etish, shuningdek, hududning iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun Andijon viloyatiga yo‘l oldi.

“Ziyorat turizmini rivojlantirishning dolzarb masalalari”ga bag’ishlangan xalqaro davra suhbati o‘tkazildi

28.04.2021TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ochib berdi.

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Sirdaryoda tadbirkorlar bilan uchrashdi

28.04.2021IqtisodiyotManba: O`zbekiston Respublkasi Savdo sanoat Palatasi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “Yoshlar markazi”da sirdaryolik tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan uchrashdi.

Iqtisodiy zonalar infratuzilmasini yaxshilash uchun 1 trillion 600 milliard so‘m ajratiladi

27.04.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-aprel kuni erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Samarqand viloyatida investitsiyalarni jalb etish, tashqi savdoni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga yangicha yondashuv

27.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Joriy yilning 24-aprel kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Samarqand viloyatida investitsiyalarni jalb etish, tashqi savdoni rivojlantirish va ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha yangi ish tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha viloyat aholisiga murojaat qildi.

Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni kompleks rag‘batlantirish bo‘yicha vazifalar belgilandi

24.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
Joriy yilning 22-aprel kuni Termiz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligida hamda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari ishtirokida Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni kompleks rag‘batlantirish chora-tadbirlarini muhokama etishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari tadbirkorlari masalalarini hal etish ishlari faol davom etmoqda

23.04.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning 21-aprel kuni videokonferensiya shaklida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov rahbarligida Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan Buxoro va Navoiy viloyatlarida tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar doirasida berilgan ko‘rsatmalar ijrosi, shuningdek, ushbu hududlarda investisiyaviy va tashqi savdo faoliyati bilan bog‘liq qator masalalar muhokama qilindi.