O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Andijon viloyati tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

2021-05-03 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 1-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.Umurzakov boshchiligida hamda vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlaridan iborat Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tadbirkorlar muammolarini aniqlash va hal etish, shuningdek, hududning iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun Andijon viloyatiga yo‘l oldi.

Komissiya o‘z faoliyatini korxonalarga tashrif buyurib, tadbirkorlar bilan muloqotda bo‘lish va ishlab chiqarish ob'ektlarining bugungi holatini o‘rganish orqali olib bordi. Ishlab chiqarish hajmini oshirish, qiymat zanjirlarini ko‘paytirish va yangi yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish hisobiga korxonalarni kengaytirish istiqbollari bevosita joylarda muhokama qilindi. Shuningdek, korxonalarni amaliy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralar, jumladan, yangi istiqbolli biznes g‘oyalarni ro‘yobga chiqarish imkonini berishi mumkin bo‘lgan tadbirlar muhokama qilindi.
 
Shuningdek, viloyatga tashrif davomida tadbirkor va eksportchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uning maqsadi mas'uliyatli tuzilmalarni jalb etgan holda ishbilarmonlar muammolarini har tomonlama tahlil qilish va ustida ishlash orqali ularni muhokama qilish va hal etishdan iborat bo‘ldi. Tadbirda o‘z masalalarini ko‘tarib chiqish imkoniga ega bo‘lgan 230dan ortiq tadbirkorlar qatnashdi. Tilga olingan muammolarning har biri Komissiya a'zolari tomonidan atroflicha o‘rganildi.
 
Muloqot davomida jami 189 muammoli masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Shu jumladan, 115 masala kredit resurslariga bo‘lgan ehtiyoj, 38 – yer uchastkalari, bo‘sh bino va inshootlarni ajratish, 26 – zarur bo‘lgan sertifikat va ruxsatnomalar olish, 10 – soliqqa tortish sohasi va boshqa muammolar bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.
 
Tilga olingan har bir muammo tahlil qilinganidan so‘ng, Komissiya rahbariyati tomonidan vazirlik, idora, tijorat banklari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlariga o‘rganilgan masalalarni aniq muddatlarda hal etish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
 
 
Berilgan topshiriqlar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va tashqi savdoni monitoring qilish inspeksiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan olib boriladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться