O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

DP World – O‘zbekistonning logistika va tashqi savdoni raqamlashtirish sohasidagi muhim hamkori

2021-05-18 | Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning dunyoning eng yirik logistika operatorlaridan biri bo‘lgan Birlashgan Arab Amirliklarining “DP World” kompaniyasi rahbariyatining vakili, raqamli texnologiyalar va logistika bo‘yicha bosh operasion direktori Mayk Bhaskaran bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Navoiy shahrida “quruq port”ni yaratish loyihasi doirasida Toshkent viloyatida yirik logistika markazi va erkin iqtisodiy zonani qurish, shuningdek, Toshkent shahri va mamlakatimiz hududlarida logistika markazlari tarmog‘ini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston hududidan o‘tadigan yuk tashish hajmini karrasiga oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarining chet el bozorlariga chiqishini soddalashtirish va O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda asosiy logistika markazi sifatidagi mavqeini mustahkamlash imkonini beradi. Loyihaning amaliy bosqichiga o‘tish jarayonini tezlashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
 
O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish va tashqi iqtisodiy faoliyat barcha ishtirokchilarining yagona tizimga integratsiyalashuvi uchun raqamli infratuzilmani yaratish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Birlashgan Arab Amirliklari tomoni bu sohadagi ilg‘or dasturiy-texnologik yechimlarni taqdim etishga va ularni O‘zbekistonda joriy etishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
 
Uchrashuv doirasida Dubay amirligi (BAA) hukumati tashabbusi bilan joriy etilgan “World Logistics Passport” (WLP) xalqaro savdoga ko‘maklashish dasturiga O‘zbekistonning qo‘shilishi masalasi muhokama qilindi. Tegishli bitimni shu oy oxirigacha imzolashga kelishildi.
 
Ma'lumot uchun: “World Logistics Passport” - rivojlanayotgan bozorlar o‘rtasida savdo imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha xalqaro dastur. Tashabbus yuk tashish xarajatlarini optimallashtirish va vaqtini qisqartirish orqali xalqaro savdodagi notarif to‘siqlarni bartaraf etish va logistika zanjiri samaradorligini oshirishga qaratilgan. 2019-yilda ishga tushirilganidan buyon dastur o‘z ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilayotgan savdo operatsiyalari hajmini 10%ga ko‘paytirish imkonini berdi.
 
Kompaniya delegatsiyasi 16-maydan buyon O‘zbekistonda bo‘lib, Transport vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Toshkent viloyati hokimligi rahbariyati bilan ishchi uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar doirasida eksport-import operatsiyalarining bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflanadigan vaqtni sezilarli darajada qisqartirish maqsadida bojxona tartiblarini optimallashtirish maqsadida zamonaviy IT-echimlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться