O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida yangicha yondashuv

2021-06-07 | Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Prezidentimizning texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya sohalarida tarkibiy islohotlarni yana-da chuqurlashtirish, sohani xalqaro andozalarga moslashtirish, standartlardan keng foydalanish muhitini yaratish, muvofiqlikni baholash jarayonlariga zamonaviy uslublarni joriy qilishga oid imzolagan Qaror va Farmonlari ijrosini taʼminlashga qaratilgan OAV xodimlari uchun matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda.

Qarorga muvofiq, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga quyidagi qoʻshimcha vakolatlar berildi:

mutasaddi idoralar tomonidan xalqaro standartlar va texnik reglamentlarning jadal joriy etilishini muvofiqlashtirib borish;

mahsulotlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida va texnik reglamentlarda belgilangan majburiy talablarni buzganlikda aybdor boʻlgan tayyorlovchilar (ishlab chiqaruvchilar), sotuvchilar va ijrochilarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash boʻyicha sudga murojaat qilish;

korxonalarda texnik reglament va standartlar talablariga rioya etmaganlik uchun korxona va tarmoq rahbarlariga taqdimnomalar kiritish;

texnik reglamentlar, standartlar va qonunchilikda belgilangan majburiy talablarga nomuvofiq deb topilgan mahsulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish va reyestrini yuritish.

Jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan, asosiy maqsad mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan milliy mahsulotlarimizning sifatini oshirish, jahon bozorlarida raqobatbardoshligini taʼminlashga qaratilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar berilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, sanoat korxonalari bilan tizimli ishlarni tashkil etish agentlik oldidagi muhim vazifa hisoblanadi.

Manba: O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

Поделиться