O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tadbirkorlik kodeksi ishlab chiqilmoqda

2021-06-15 | Iqtisodiyot

Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqib, Tadbirkorlik kodeksi loyihasini ishlab chiqish belgilangan.

Shu maqsadda Adliya vazirligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, zarur ishlar amalga oshirilmoqda.  

Adliya vazirligi tomonidan AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning huquqiy islohotlar dasturi hamkorligida “Tadbirkorlik kodeksi loyihasining asosiy yo‘nalishlari” mavzuida tashkil etilgan seminarda shu haqda so‘z yuritildi. Davlat dasturida belgilangan vazifalar hamda vazirlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.  

Toshkent davlat yuridik universitetining professor- o‘qituvchilari  fuqarolik va tadbirkorlik huquqlarining maqsad va vazifalari, ularning bir-biriga o‘xshash va farqli jihatlari, Tadbirkorlik kodeksi loyihasini ishlab chiqish zaruriyati masalalariga to‘xtalib, Kodeks loyihasining asosiy yo‘nalishlari borasida o‘zlarining takliflarini keltirib o‘tdi. Kodeks loyihasida ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan tadbirkorlarning huquq ustuvorligi, minimal tartibga solish, erkin raqobat kabi prinsiplarni kiritish takliflari bildirildi.

Bundan tashqari, bahs va munozaralarda ijtimoiy tadbirkorlik, innovatsion tadbirkorlik, investitsiya munosabatlari, tadbirkorlikni moliyalashtirish kabi masalalarga e’tibor qaratish zarurligi aytildi. Shuningdek, tadbirkorlik va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda Konstitutsiyaviy sud, Biznes-ombudsman va boshqa davlat organlarining vakolatlari to‘g‘risidagi masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

Adliya vazirligi mas’ullari Kodeks loyihasini ishlab chiqish jarayonlariga tadbirkorlik sub’ektlari, sohaning ilmiy vakillari, soha bo‘yicha mutaxassislar, ekspertlar va boshqalarni faol qatnashishga chaqirdi.

Manba: O'zA

Поделиться