O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fransiyalik hamkorlar bilan yangi o‘zaro manfaatli kelishuvlarga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda

2021-05-08 | Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida fransiyalik hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari va savdo bitimlarining hozirgi holati, shuningdek, Fransiya hukumati va ishbilarmon doiralari ishtirokidagi kelgusi tadbirlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Xususan, joriy yilning 11-may kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Fransiya Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 8-yig‘ilishi hamda O‘zbekiston-Fransiya biznes-forumi bo‘lib o‘tadi.
 
Ushbu tadbirlar doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada chuqurlashtirish masalalarini muhokama qilish uchun Fransiya Respublikasi tashqi savdo va iqtisodiy jozibadorlik vaziri Frenk Riesterning O‘zbekistonga tashrifi tashkil etilishi kutilayotgani ma'lum qilindi.
 
Muzokarada ishtirok etgan vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari va Toshkent shahar hokimligi rahbarlari bilan birgalikda amaldagi kelishuvlar ijrosi batafsil tahlil qilindi, tegishli masalalar aniqlanib, ularni hal etish algoritmlari ishlab chiqildi.
 
Shu bilan birga, bugungi kunda fransiyalik hamkorlar bilan qishloq xo‘jaligi, foydali qazilmalarni qazib olish, energetika va boshqa sohalarda birgalikda faol tarzda rivojlantirilayotgan istiqbolli loyihalar va kelishuvlar ko‘rib chiqildi. O‘zbekistonda yuqori texnologiyali ishlab chiqarish ob'ektlarini tashkil etish maqsadida Fransiyaning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi.
 
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi rahbariyatiga fransiyalik hamkorlar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha yangi istiqbolli takliflarni ishlab chiqishda tegishli vazirlik va idoralarga amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan alohida ko‘rsatmalar berildi.
 
Tijorat banklari rahbarlariga hamkorlikning yangi yo‘nalishlariga oid aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida Fransiyaning yetakchi bank-moliya muassasalari bilan munosabatlarni yanada faollashtirish zarurligiga ko‘rsatib o‘tildi.
 
Muhokama yakunlari bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga kelgusi tadbirlar kun tartibini amaliy mazmun bilan to‘ldirish maqsadida fransiyalik hamkasblar va tadbirkorlar bilan samarali hamkorlik qilish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться