O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish vazifalari muhokama qilindi

2021-05-10 | Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi. Unda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “O‘zstandart” agentligi rahbariyati ishtirok etdi.

Xalqaro bozorda mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy omillardan biri bo‘lgan milliy qonunchilikni zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar va O‘zbekistonda rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatlarini xorijda tan olinishini ta'minlash chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.
 
“O‘zstandart” Agentligi va unga a'zo tashkilotlar faoliyatining samaradorligi hamda mahalliy standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasining xalqaro standartlarga muvofiqligi o‘rganildi. Bundan tashqari, mahalliy korxonalar tomonidan xalqaro standartlarni joriy etishning tahlili asosida, shuningdek, mavjud me'yoriy talablarni umume'tirof etilgan standartlarga mos keltirishning bozor mexanizmlarini hisobga olgan holda aniq amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
 
Agentlikning mahalliy tadbirkor va eksportchilarni bevosita qo‘llab-quvvatlash, xususan, xalqaro sertifikatlar olishda amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlarini faollashtirish muhimligi ta'kidlandi.
 
Standartlashtirish, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish, muvofiqlikni baholash, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qator qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish va yangi tahrirda tasdiqlash rejalashtirildi.
 
Muhokama yakunida mahalliy mahsulotlarning texnik reglamentlar talablariga muvofiqligini baholash jarayonlarini soddalashtirish, sertifikatlash vaqti va moliyaviy xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, tashqi savdo sohasida xalqaro reyting va indekslarni yaxshilash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться