O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Tadbirkorlar istaklarining amaliy ro‘yobi. Iqtisodiy zonalar infratuzilmasi qanday yaxshilanadi?”

2021-05-10 | Iqtisodiyot

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining mamlakatimizdagi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari A. Voitov hamda vazirlik mutaxassislari va xodimlari ishtirok etdi.
 
Davlatimiz rahbari tomonidan erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan qaror respublikaning iqtisodiy salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish va sanoat hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun sharoitlarni yaxshilashda muhim qadam ekanligi ta'kidlandi.
 
Ayni paytda mamlakatimizdagi 23 ta erkin iqtisodiy zona jami 8,8 ming gektar yer maydoniga ega bo‘lib, shundan 3,9 ming gektarida qiymati 5,3 mlrd. dollarga teng 895ta investitsiya loyihasi joylashtirilgan. 5 ming gektarga yaqin maydon foydalanmasdan qolmoqda, bu esa mazkur maydonda yangi investisiya loyihalarini joylashtirish, sanoat quvvatlari va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish mumkin deganidir. Shu bilan birga, qayd etilganidek, ular maydonining qariyb yarimi hozircha zarur muhandislik-kommunikasiya infratuzilmalari bilan to‘liq ta'minlanmagan. 
 
Shuningdek, Respublikamizda 348 ta kichik sanoat zonasi mavjud bo‘lib, ularning umumiy maydoni 2,4 ming gektarni tashkil etadi. 1,6 ming gektar maydonga umumiy qiymati 16,7 trln so‘mlik 3587 ta investitsiya loyihasi joylashtirilgan. Qolaversa, faoliyat ko‘rsatayotgan 60 ta kichik sanoat zonasi zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan to‘liq ta'minlanmagan.
 
Erkin iqtisodiy hamda kichik sanoat zonalarning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini ta'minlash —ular faoliyatini jadal rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun qulay muhitning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, joriy yilda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari uchun tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurishga 1,6 trln so‘m, 2022-yilda esa 1,8 trln so‘m mablag‘ ajratiladi.
 
Ushbu tadbirlarning amalga oshirilishi bilan erkin iqtisodiy zonalarda bo‘sh turgan 4,9 ming gektar yer maydonidan 3,2 ming gektar yer maydoni, kichik sanoat zonalaridagi 822 gektar yer maydoni muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalari bilan to‘liq ta'minlanadi. Qaror bilan har bir erkin iqtisodiy zona va har bir kichik sanoat zonasini infratuzilmalar bilan ta'minlash bo‘yicha manzilli ro‘yxat tasdiqlandi.
 
Ma'lumot uchun: joriy yilda erkin iqtisodiy zonalarda umumiy qiymati 1,1 milliard dollar bo‘lgan 332 ta loyiha, kichik sanoat zonalarida umumiy qiymati 9,5 trillion so‘m bo‘lgan 1 ming 845 ta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Natijada 20 ming 298 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Bu loyihalar asosan iqtisodiyotimizning o‘sish nuqtasi hisoblangan elektrotexnika, charm-poyabzal, qurilish materiallari, neft-gaz, farmatsevtika, turizm, issiqxona xo‘jaliklari, xalq iste'mol mollarini ishlab chiqarish sanoati yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Bu esa shu yilning yakuni bilan 400 million dollarlik mahsulot eksport qilish, 350 million dollarlik import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarish hamda Davlat byudjetiga qo‘shimcha 2 trillion so‘mdan ortiq mablag‘larni yo‘naltirishga imkon beradi.
 
Matbuot anjumani yakunida tadbirda ishtirok etgan ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan mavzularda savollar berib, batafsil javob oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться