O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sport

Taekvondochilarimiz Fujayrada yettita medal qo‘lga kiritishdi

07.02.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida taekvondoning olimpiya oilasiga mansub WT yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli turnir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Pekinda qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

04.02.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida  XXIV qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

Kutganmidingiz, tayyormisiz? Bugun Pekin-2022 Olimpiadasi rasman start oladi!

04.02.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Bugun Xitoy poytaxtida dunyo ahli 4 yil kutgan navbatdagi qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. "Qush uyasi" nomini olgan mashhur Milliy stadionda o‘tkaziladigan tantana butun dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Pekinga keldi

04.02.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-fevral kuni 2022-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Pekin shahriga tashrif buyurdi.

MOQ raisi o‘q otish sporti bazasiga tashrif buyurdi

03.02.2022SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Hozirda o‘q otish sporti bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari ham yangi mavsumga qizg‘in tayyorgarlik olib bormoqda. Bugun MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov federatsiya bazasiga tashrif buyurib, u yerdagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xitoyda qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi

03.02.2022SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan XXIV qishki Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etish uchun 4-5-fevral kunlari tashrif bilan Pekin shahrida bo‘ladi.

MOQ rahbariyati ayollar jamoamizda ish boshlagan yaponiyalik murabbiy bilan uchrashdi

03.02.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar Olimpiya terma jamoasi boshqaruvi tajribali mutaxassis Midori Hondaga topshirildi. Bugun Chigʻatoy bazasida yaponiyalik murabbiy ilk yigʻinini boshladi. 

U-22 Osiyo chempionati haqida qiziqarli raqamlar

02.02.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Boks bo‘yicha Toshkentda o‘tgan U-22 Osiyo chempionati qit’amizning ayni paytdagi eng kuchli yosh iqtidor egalarini kashf etib berdi. An’anaga muvofiq, ushbu musobaqadan so‘ng chempionatning eng yaxshilari e’lon qilindi.

“Yilning eng yaxshi sportchisi” endi “Yilning eng yaxshi sportchi-talabasi” deb eʼtirof etildi

28.01.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Xabaringiz bor, har yili Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi tomonidan isteʼdodli va shijoatli yoshlarni kashf etish va ularni ragʻbatlantirish maqsadida oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Yil talabasi” Respublika tanlovi oʻtkaziladi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi 30 yoshda!

21.01.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

1992-yil 21-yanvar kuni o‘zbek sporti tarixidagi muhim voqeliklardan biri - O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi tashkil etilgan bo‘lib, 1993-yilning sentyabr oyida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining 101-Sessiyasida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan rasman tan olingan va shundan so‘ng tashkilot xalqaro maydonda faoliyat olib borish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Demak, bugun Qo‘mitamiz tashkil etilganiga roppa rosa 30 yil to‘ldi.

Xorijlik mutaxassislar bilan ishlash va ularni ragʻbatlantirish tizimi tahlil qilinmoqda

18.01.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Terma jamoamiz erishadigan yutuqlarda zamonaviy metodika va xorij tajribasidan keng foydalanishning alohida oʻrni bor. Bugun MOQ rahbariyati federatsiya va assotsiatsiyalarimiz mutasaddilari bilan Parij-2024 siklida terma jamoamizga jalb qilinadigan xorijlik mutaxassislar roʻyxatini yana bir koʻrib chiqish va ularni ragʻbatlantirish masalasi boʻyicha onlayn yigʻilish oʻtkazdi. Uchrashuvni MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov va uning oʻrinbosari Sherzod Tashmatov olib borishdi va kun tartibidagi masalalar boʻyicha oʻz fikrlarini bildirilar.

Los-Anjeles-2028 Olimpiadasiga daʼvogar yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi

18.01.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovning topshirigʻiga binoan MOQda 2028-yil Los-Anjelesda boʻlib oʻtadigan XXXIV yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda MOQ rahbari Rustam Shoabdurahmonov va uning oʻrinbosari Sherzod Tashmatov, Turizm va sport vazirligi mutasaddilari va Oliy sport mahorati maktablarining masʼullari ishtirok etishdi.

Bir guruh sport mutasaddilari “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlariga 30 yil” esdalik nishonlari bilan taqdirlanishdi

17.01.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

“14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bir guruh mutasaddilar Prezidentimiz tomonidan taʼsis etilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlariga 30 yil” esdalik nishonlari bilan taqdirlanishdi. Ahamiyatlisi, ular orasida Oʻzbekiston MOQ rahbariyati vakillari ham bor.

Osiyo o‘yinlaridagi noolimpiya sport turlari vakillari bilan uchrashuv

13.01.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Bu yil qit’amiz sportidagi yirik musobaqa, shubhasiz, Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan XIX Osiyo o‘yinlaridir. MOQ Turizm va sport vazirligi bilan hamkorlikda ushbu yirik kompleks musobaqaga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Mikaela Shiffrin togʻ changʻisida tarixiy rekord oʻrnatishga yaqin

12.01.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Amerikalik taniqli togʻ changʻisi ustasi, 2 karra Olimpiya oʻyinlari chempioni Mikaela Shiffrin ushbu sport tarixiga kirishga yaqin turibdi. Gap shundaki, u bugun boʻlib oʻtadigan bellashuvda gʻalaba qozonsa, Jahon kubogi bosqichlarida bir dasturda eng koʻp muvaffaqiyatga erishgan sportchiga aylanadi.

Toʻrt nafar kurashchimiz jahon reytinging oʻntaligida, ulardan ikkitasi esa kuchli beshlikda

11.01.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Birlashgan kurash dunyosi 2022-yil yanvar oyi uchun sportchilarning yangi reyting jadvalini e’lon qildi. Ahamiyatlisi, unda kuchli 10 talikdan terma jamoamiz vakillari ham o‘rin olishgan. 

Toshkentda dzyudo bo‘yicha xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkaziladi

05.01.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

8-25-yanvar kunlari poytaxtimizda dzyudo bo‘yicha xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etiladi.

Yuksak g‘alabalarga e’tibor va e’tirof orqali erishiladi

30.12.2021SportManba: O'zA

Akbar Jo‘rayev va Bahodir Jalolov 2021-yilning eng yaxshi sportchilari, deb topildi.

Shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov chempionlik tojini kiygan eng yosh jahon chempioniga aylandi

29.12.2021SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Polsha poytaxti Varshava shahrida shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Unda 17 yoshli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa Abdusattorov ushbu yo‘nalishda chempionlik tojini kiygan eng yosh shaxmatchiga aylandi.

Ukraina qishki Olimpiadaga mezbonlik qilmoqchi

28.12.2021SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Ukraina 2028-yil yoshlar va 2030-yil kattalar oʻrtasida oʻtadigan qishki Olimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilmoqchi. Bu haqida mamlakat yoshlar va sport vaziri Vadim Gutsayt maʼlum qildi.