O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sport

Poytaxtimizda start olgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

18.07.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

“Yunusobod" sport majmuasida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada qit’amizning 21 mamlakatidan tashrif buyurgan 300 nafarga yaqin yosh og‘ir atletika yulduzlari g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.

Birmingem-2022: Bugun Fetisova hamda Latishevaga muxlislik qilamiz

14.07.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

AQShning Birmingem shahrida XI Butunjahon o‘yinlari davom etadi. Bugun badiiy gimnastikachimiz Yekaterina Fetisova tasma hamda bulavada o‘z dasturini namoyish qilsa, Darya Latisheva (ushu) taulu yo‘nalishida medallar uchun kurash olib boradi.

O‘zbekiston Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun kurashadi

08.07.2022SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi
Joriy yilning 28-iyul – 8-avgust kunlari Hindistonning Chennay shahrida 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, shaxmat bellashuvlaridan tashqari 2026-yilda tashkil etiladigan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun tender tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

"Parij-2024" yozgi Paralimpiya o‘yinlari dasturi tasdiqlandi

08.07.2022SportManba: O'zA

Yana ikki yildan so‘ng Fransiyaning Parij shahrida o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlarining musobaqalar dasturi e’lon qilindi.

O‘zbekiston delegatsiyasi XI Jahon o‘yinlarida

06.07.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

7-17-iyul kunlari AQShning Alabama shtati, Birmingem shahrida Butunjahon sport o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Dunyoning 110 mamlakatidan taxminan 3600 nafar sportchi ishtirokida kechadigan bellashuvlarda hamyurtlarimiz ham qatnashadilar.

Qishki sport turlari bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashkil etiladi

05.07.2022SportManba: O'zA

Prezidentimizning joriy yil 1-iyulda “2026-yil Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlarida (Italiya) bo‘lib o‘tadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Yurtimizda tekbolni yanada rivojlantirish yoʻlida muhim uchrashuv boʻlib oʻtdi

04.07.2022SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi
Tekbol sporti qisqa fursat ichida Vengriyaning milliy ramzlaridan biriga aylanib ulgurdi. Futbol va stol tennisini oʻzida birlashtirgan ushbu jozibador sport turi mamlakatimizga ham kirib kelgan boʻlib, u koʻplab yoshlarda katta qiziqish uygʻotmoqda.

Badiiy gimnastikachilarimiz Osiyo chempionatini 17 ta medal bilan yakunlashdi

27.06.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

6 ta oltin va 3 ta kumush. Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Tailandning Pattayya shahri mezbonlik qilgan qit’a birinchiligining so‘nggi kunida mana shuncha medallarni qo‘lga kiritdi. 

Sportni rivojlantirish vaziri Argentina elchisi bilan uchrashdi

24.06.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov Argentina Respublikasining mamlkatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Eduardo Antonio Zuaynni qabul qildi. Shuningdek, uchrashuvda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov ishtirok etdi.

VII «Osiyo bolalari» sport o‘yinlari yaqinlashmoqda

23.06.2022SportManba: O'zA

Ertaga, 24-iyun kuni Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida VII «Osiyo bolalari» sport o‘yinlari mash’alasi yoqiladi.

Ilmiy tadqiqotlar boʻyicha xorijiy tajribalar oʻrganilmoqda

23.06.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Ayni kunlarda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Mahmudjon Boltabayev hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlari instituti direktori Rashid Matkarimov Latviya va Litva davlatlarida sport taʼlim tizimi hamda ilmiy tadqiqot muassasalari boʻyicha tajriba almashish maqsadida xizmat safarida boʻlib turishibdi.

ZOOM platformasi orqali oʻtgan yigʻilishda terma jamoalarimizning tayyorgarligi muhokama qilindi

23.06.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi va uning qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (RSTIAM), sport federatsiya va assotsiatsiyalari mutasaddilari ishtirokida onlayn yigʻilish boʻlib oʻtdi. ZOOM platformasida oʻtgan tadbirda terma jamoalarimizning hozirgi holati, oldinda turgan kompleks musobaqalarga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi.

"Befit Race" xalqaro turniri o‘z g‘oliblarini aniqladi

22.06.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi "Amirsoy Resort" dam olish maskanida "Befit Race" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Xalqaro turnir maqomida o‘tgan mazkur start o‘zida 7 mamlakatdan tashrif buyurgan 300 nafardan ortiq sportchilarni jamladi.

Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

21.06.2022HujjatlarManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

O‘zbekiston terma jamoasi finalda

16.06.2022SportManba: O'zA

O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha U23 Osiyo kubogida bosh sovrin uchun kurashadigan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.

Parij-2024 Paralimpiya oʻyinlariga dastlabki yoʻllanma qoʻlga kiritildi

14.06.2022SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

4-12-iyun kunlari Fransiyaning Shatoru shahrida para oʻq otish boʻyicha oʻtkazilgan Jahon kubogida hamyurtimiz Server Ibragimov 50 metrga toʻpponchadan otish boʻyicha bahslarda bronza, 10 metr masofadagi dasturda esa kumush medalga sazovor boʻldi.

AQSHda g‘alabaga erishgan Jalolov tantanali kutib olindi

13.06.2022SportManba: O'zA

Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, Osiyo va Jahon chempioni Bahodir Jalolov professional boksda navbatdagi reyting jangini AQSHning Verona shahrida muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Oʻzbekiston etnosport assotsiatsiyasi xalqaro konfederatsiya aʼzoligiga qabul qilinmoqda

10.06.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Ayni kunlarda Turkiyaning Istanbul shahrida V etnosport madaniyat festivali boʻlib oʻtayotgani haqida xabar bergan edik. Festival doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov hamda Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi janob Najmiddin Bilol Erdoʻgʻon oʻrtasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.

Sportchilarimizning tibbiy koʻrikdan oʻtishlari uchun yangi qulayliklar yaratildi

09.06.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Maʼlumki, sportchilarimizning xalqaro maydonda yuqori natijalarni qayd etishida, ularga koʻrsatiladigan tibbiy xizmatning oʻrni katta. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi qoshida tashkil etilgan Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi atletlarimiz uchun qulayliklar yaratish maqsadida bir qator qoʻshimcha oʻzgarishlarni amalga oshirdi.

AKT vazirligi markaziy apparat xodimlari o‘rtasida o'tkazilgan shaxmat-shashka musobaqasi doirasida jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov ishtirok etib, master klass o‘tkazgani uchun minnatdorchilik bildiradi

07.06.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

O‘zbekiston Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.