O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov chempionlik tojini kiygan eng yosh jahon chempioniga aylandi
2021-12-29 | Sport
Polsha poytaxti Varshava shahrida shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Unda 17 yoshli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa Abdusattorov ushbu yo‘nalishda chempionlik tojini kiygan eng yosh shaxmatchiga aylandi.
Ta’kidlash joiz, 13 turdan so‘ng 4 nafar shaxmatchi 9.5 ochko jamg‘arishdi. Bunday vaziyatda g‘olibni aniqlash uchun tay-breykka murojaat qilindi. Ushbu bosqichda ham Abdusattorov raqiblaridan omadli chiqib, o‘z nomini shaxmat tarixiga yozdirib qo‘ymoqda.
Ma’lumot uchun, Nodirbek Abdusattorov 2004-yil, Rustam Qosimjonov klassik yo‘nalishda jahon chempionligini qo‘lga kiritgan yil tavallud topgan.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi yosh grossmeysterimiz va uning yaqinlarini, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi mutasaddilarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab qoladi.
Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi