O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Mikaela Shiffrin togʻ changʻisida tarixiy rekord oʻrnatishga yaqin
2022-01-12 | Sport
Amerikalik taniqli togʻ changʻisi ustasi, 2 karra Olimpiya oʻyinlari chempioni Mikaela Shiffrin ushbu sport tarixiga kirishga yaqin turibdi. Gap shundaki, u bugun boʻlib oʻtadigan bellashuvda gʻalaba qozonsa, Jahon kubogi bosqichlarida bir dasturda eng koʻp muvaffaqiyatga erishgan sportchiga aylanadi.
Ayni paytda togʻ changʻi ustalari Avstriyaning Shladming shahrida jam boʻlishdi. Bugun u yerda slalom boʻyicha ayollar oʻrtasida navbatdagi bellashuv oʻtkaziladi.
Shu paytgacha Shiffrin hisobida Jahon kubogi doirasida 46 ta slalomdagi gʻalaba mavjud. Bu bilan amerikalik sportchi shvetsiyalik Ingemar Stenmarkning gigant slalomdagi rekordini takrorlab turibdi. Uning slalom bahslarida faoliyatidagi navbatdagi muvaffaqiyat 26 yoshli Mikaelanining ushbu sport tarixiga kirishiga olib keladi.
Hozirda Mikaela Shiffrin ushbu mavsumda barcha yoʻnalishlar boʻyicha umumiy hisobda peshqadamlik qilmoqda. Biroq unga slalom dasturida yetakchi boʻlib turgan slovakiyalik Petra Vlaxova jiddiy qarshilik koʻrsatishi kutilmoqda.
Hozirgacha ayollar toifasidagi umumiy ochkolar:
1. Mikaela Shiffrin (AQSh) – 866
2. Petra Vlaxova (Slovakiya) – 831
3. Sofiya Goja (Italiya) – 657
4. Sara Ektor (Shvetsiya) – 568
5. Vendi Xoldener (Shveysariya) – 408
Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi