O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shavkat Mirziyoyev Pekinga keldi
2022-02-04 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-fevral kuni 2022-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Pekin shahriga tashrif buyurdi.
Xitoy poytaxtining “Shoudu” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini ushbu mamlakatning rasmiy shaxslari kutib oldi.
Qishki Olimpiadaning ochilish marosimi bugun Toshkent vaqti bilan 17:00 da Pekindagi “Qush uyasi” milliy stadionida boshlanadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti