O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sport

Toshkentda I MDH o‘yinlari qahramonlari tantanali kutib olindi, ularga Prezident sovg‘alari topshirildi

14.09.2021SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi
Xabaringiz bor, shu yilning 4-11-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida ilk marotaba Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlari o‘tkazildi.

Samarqand viloyatida sport infratuzilmasini rivojlantirish masalasi muhokama etildi

14.09.2021SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Samarqand viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan Farmon va qarorlarga muvofiq Samarqand viloyatining shahar va tumanlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, shuningdek, hududlarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, sport obyektlari va inshootlari holatini yaxshilash, tashrif buyuruvchilar va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar hamda "to‘siqsiz muhit" yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi muhokama etildi. 

Ruminiyada o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti kubogi uchun xalqaro turnir o‘tkazildi

14.09.2021SportManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati Ruminiyada o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti kubogi uchun xalqaro turnir o‘tkazildi.

MDH o‘yinlari: O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqani 91 ta medal bilan ikkinchi o‘rinda yakunladi

13.09.2021SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida ilk bor o‘tkazilgan MDH o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi 91 ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Tatariston Prezidenti O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi

10.09.2021TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

9-sentabr kuni Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov Qozon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari - Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovni qabul qildi.

Sambochilarimizning Minskdagi muvaffaqiyati

08.09.2021SportManba: O'zA

Belarus poytaxti Minsk shahrida mamlakat prezidenti sovrini uchun xalqaro turnir o‘tkazildi. Unda o‘zbekistonlik uch nafar sambochi ishtirok etdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati.

Tokio-2020: Yozgi Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan matonatli sportchilar Toshkent xalqaro aeroportida munosib kutib olindi

07.09.2021SportManba: “Dunyo” axborot agentligi

Tokio shahrida XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Toshkent aeroportida Tokio Paralimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan matonatli sportchilar tantanali kutib olindi.

Birinchi MDH mamlakatlari sport o‘yinlariga rasmiy start berildi

06.09.2021SportManba: “Dunyo” axborot agentligi

Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida ilk marotaba o‘tkazilayotgan Birinchi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlarining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Birinchi MDH oʻyinlariga tayyorgarlik avjida

31.08.2021MDHManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

4-11-sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida Mustaqil davlatlar Hamdoʻstligi vakillari oʻrtasida ilk bor sport oʻyinlari tashkil etiladi. Unda MDHga aʼzo 10 ta (Rossiya, Armaniston, Ozarbayjon, Moldova, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston) davlatdan jami 2 000 nafar ishtirokchi (shundan 1 500 nafari sportchi) ishtirok etishi kutilmoqda. Sportchilarning yoshi 14 dan 23 gacha boʻlishi qatʼiy belgilab qoʻyilgan.

Eng yaxshi bokschi, eng yaxshi hakam yoxud Osiyo chempionati benefisimizga aylandi

31.08.2021SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

BAAning Dubay shahrida boks bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. O‘smirlarimiz ortidan yoshlar jamoamiz ham uni muvaffaqiyatli yakunlay oldi.

Turizm va sport vazirligi faollariga "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi" esdalik nishoni topshirildi

30.08.2021TurizmManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Turizm va sport vazirligida “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining  30 yilligi” esdalik nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, mukofotni Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov topshirdi.

O‘smir bokschilarimiz qit’ada tengsiz

30.08.2021SportManba: O'zA

Dubay shahrida 10 kun mobaynida boks bo‘yicha yoshlar va qizlar, o‘smirlar va o‘smir qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatining o‘smirlar kesimidagi bahslarning g‘olib va sovrindorlari aniqlandi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya sport ilmiy tadqiqotlari yo‘nalishida hamkorlik qiladi

26.08.2021SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti hamda Koreya sport tadqiqotlar instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan videomuloqotda ta’lim muassasalari rahbariyati va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
 

Mergan yoshlarimiz ilk bor Jahon kubogida ishtirok etishadi

26.08.2021SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

26-avgustdan 6-sentyabrga qadar Qozog‘istonning Olma-ota shahrida stenddan o‘q otish bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon kubogining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ahamiyatlisi, unda terma jamoamiz vakillari ham ishtirok etishadi.

Uch nafar para-suzuvchimiz oltin medallar uchun bahs olib borishadi

25.08.2021SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Tokio shahrida XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlari start oldi. Maʼlum qilganimizdek, dastlabki kunda 5 nafar para-suzuvchimiz startga chiqdi.

Polo sportida yana bir klub tashkil etildi

24.08.2021SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Yurtimizda polo sporti tobora ommalashib bormoqda. Buni mazkur sport turi boʻyicha tashkil etilayotgan yangi klublar faoliyatidan anglab olish mumkin.

Bugun Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlariga start beriladi

24.08.2021SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Yana bir necha soatdan soʻng Tokio shahrida XVI Paralimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boshlanadi. Ayni paytda terma jamoamiz mazkur tadbirga qizgʻin hozirlik koʻrmoqda.

4 nafar sambochimiz FIAS Prezidenti kubogida oltin medal uchun kurash olib borishdi

24.08.2021SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Xabar berib oʻtganimizdek, Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida sambo boʻyicha FIAS (Xalqaro sambo federatsiyasi) prezidenti sovrini uchun musobaqa tashkil etildi. Unda jahonning 21 mamlakatidan 80 nafarga yaqin sportchi sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi. Mukofot jamgʻarmasi 189 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi bahslarda oʻzbekistonlik sambochilar ham ishtirok etishdi va 4 ta kumush medal qoʻlga kiritishdi.

Matonatli paralimpiyachilarimiz Tokioga jo‘nab ketdi

21.08.2021SportManba: O'zA

Bugun O‘zbekiston paralimpiya sport delegatsiyasi joriy yilning 24 avgust – 5 sentyabr kunlari Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun kunchiqar yurtga yo‘l oldi.

Paralimpiyachilarimiz Tokioga tantanali kuzatildi

23.08.2021SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Xabaringiz bor, joriy yilning 24-avgustidan 5-sentyabriga qadar Yaponiya poytaxti Tokio shahrida XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlari boʻlib oʻtadi. Bugun Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasida delegatsiyamiz aʼzolarini Tokio shahriga tantanali kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi.