O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Yilning eng yaxshi sportchisi” endi “Yilning eng yaxshi sportchi-talabasi” deb eʼtirof etildi

2022-01-28 | Sport

Xabaringiz bor, har yili Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi tomonidan isteʼdodli va shijoatli yoshlarni kashf etish va ularni ragʻbatlantirish maqsadida oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Yil talabasi” Respublika tanlovi oʻtkaziladi.

Oʻtgan oʻquv yilida ham mazkur tanlov yuqori saviyada tashkil etildi. Biz uchun quvonarlisi, mazkur tanlovda sportchi-talabalar ham oʻzlarining nimalarga qodir ekanligini koʻrsatib, munosib ishtirok etishmoqda.

Kecha mazkur tanlovning yakuniy bosqichi Ishchi guruhi aʼzolari tomonidan onlayn tarzda oʻtkazildi va Tashkiliy qoʻmitaning yakuniy xulosasiga koʻra “Yil talabasi-2021” anʼanaviy koʻrik-tanlovining “Yilning eng yaxshi sportchi-talabasi” nominatsiyasida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Koʻpkurash fakulteti Ogʻir atletika taʼlim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi Akbar Joʻrayev 1-oʻringa munosib deb topildi.

Akbar Joʻrayev 2021-yilda Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari va jahon chempionligini qoʻlga kiritib, Olimpiada rekordi va Toshkentda oʻtkazilgan Jahon chempionatida jahon rekordini yangiladi. Shuningdek, u mamlakatimizda 2021-yil yakunlariga koʻra “Yilning eng yaxshi sportchisi” deb topilgan.

Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Поделиться