O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bir guruh sport mutasaddilari “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlariga 30 yil” esdalik nishonlari bilan taqdirlanishdi

2022-01-17 | Sport

“14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bir guruh mutasaddilar Prezidentimiz tomonidan taʼsis etilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlariga 30 yil” esdalik nishonlari bilan taqdirlanishdi. Ahamiyatlisi, ular orasida Oʻzbekiston MOQ rahbariyati vakillari ham bor.

Unga koʻra, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov va uning birinchi oʻrinbosari Ravshan Irmatov, Qoʻmita Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi oʻrinbosarlari Azizjon Kamilov, Sherzod Tashmatov, Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev, shuningdek, bir qator sport federatsiya va assotsiatsiyalar rahbarlari ham mazkur esdalik nishoni bilan taqdirlanishdi. Mukofotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining oʻrinbosari Alisher Narbayev topshirldi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu mukofot bilan barcha hamkasblarimizni samimiy qutlab, ularning kelgusi faoliyatida omad tilaydi.

Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Поделиться