O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sport

Oʻzbek va jahon sporti yulduzlari bilan uchrashuvga shaylaning

09.09.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Oʻzbek va jahon sporti yulduzlari bilan uchrashuvga shaylaning. Sizlarni 10-sentyabr soat 17:00 da poytaxtimizdagi soʻlim “Milliy bogʻ” sayilgohida “Shanxay Hamkorlik Tashkilotining sport elchilari” nomi ostida oʻtadigan ommaviy fleshmob tadbirida kutib qolamiz.

6-sentyabr – Butunjahon kurash kuni

06.09.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Bugun oʻzbek milliy kurashi butun dunyo boʻylab oʻz bayramini nishonlamoqda. Bir necha yildan buyon ushbu sana norasmiy bayram sifatida nishonlab kelingan boʻlsa, 2017-yilga kelib “6-sentyabr – kurash milliy sport turi kuni” sifatida rasman tan olindi va bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni imzolandi.

Voleybol: hamyurtlarimiz Osiyo chellenj kubogida ishtirok etadi

29.08.2022SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi
Voleybol boʻyicha joriy yil 29-avgustdan 4-sentyabrga qadar oʻtkaziladigan Osiyo chellenj kubogida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi Qirgʻizistonning Choʻlpon-ota shahriga joʻnab ketdi.

Sport kurashlari bo'yicha JChda qatnashadigan tarkibimiz bilan tanishing

25.08.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

10-18 sentyabr kunlari Serbiya poytaxti sport kurashlari bo'yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. O'zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi musobaqada ishtirok etadigan tarkibimizni ma'lum qildi. Terma jamoamiz to'liq tarkibi quyidagicha.

Toshkentda kamondan otish boʻyicha “Alpomish va Barchinoy” II xalqaro musobaqasi boshlandi

24.08.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Maʼlum qilganimizdek, poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida kamondan otish boʻyicha “Alpomish va Barchinoy” nomli xalqaro musobaqa start oldi. Bugun ikkinchi bor tashkil etilayotgan mazkur turnirning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Islom birdamligi oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarimizning murabbiylari ham taqdirlanishdi

23.08.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Sportni rivojlantirish vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-avgustdagi 355-sonli qaroriga muvofiq, Konya-2021 V Islom birdamligi oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarning murabbiylarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

Islom birdamligi oʻyinlarining qahramonlari munosib taqdirlanishdi

22.08.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Turkiyaning Konya shahri mezbonlik qilgan V Islom birdamligi oʻyinlari gʻolib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi. Koʻtarinki ruhda oʻtgan tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, shuningdek, Milliy Olimpiya qoʻmitasi va Milliy Paralimpiya qoʻmitasining mutasaddilari ishtirok etishdi.

Islom birdamligi sport tashkilotlarining 11-Bosh Assambleya yig‘ilishi o‘tkazildi

08.08.2022TurizmManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Konya shahrida V Islom birdamligi o‘yinlari arafasida Islom birdamligi sport tashkilotlarining 11-Bosh Assambleya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda xalqaro tashkilot rahbari shahzoda Abdulaziz bin Turkiy Al Faysal, Turkiya yoshlar va sport vaziri Mehmet Kasapoglu, shuningdek, bir qator martabali mehmonlar, O‘zbekiston nomidan MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etdi.

O'zbekiston stol tennisi federatsiyasining rahbariyatida o'zgarish

03.08.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Davlat soliq qo‘mitasida O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi Sherzod Kudbiyev rahbarligida federatsiyaning navbatdan tashqari saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Taekvondo (WT) sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

01.08.2022HujjatlarManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Vladivostokdagi konsulligimizga minnatdorchilik bildiradi

01.08.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Mamlakatimiz delegatsiyasi xalqaro maydondagi muhim kompleks musobaqalarda ishtirok etar ekan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining koʻmagi bilan mezbon shaharda jamoamiz uchun hamisha barcha qulayliklar yaratib berilgan.

Atletlar shaharchasi mehmonlar ixtiyoriga topshirildi

28.07.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Tantanali tadbirda “Osiyo bolalari” Xalqaro o‘yinlarida ishtirok etuvchi davlatlar vakillari: sportchilar, murabbiylar, ko‘ngillilar, sport delegatsiyalari a’zolari ishtirok etdi. 

Ikki nafar polvonimiz JChda bronza medaliga sazovor bo‘lishdi

27.07.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Italiyada o‘tayotgan sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatini 2 ta bronza medali bilan boshladik. Yunon-rum kurashchilarimiz Xurshidbek Normuhammadov va Behruz Barnoyev raqiblarini mag‘lub etib, terma jamoamizga musobaqadagi dastlabki medallarni taqdim qilishdi. Bronza medali uchun bahslar:

Hamyurtlarimiz “Do‘stlik o‘yinlari”dagi ishtirokini boshlamoqda

25.07.2022SportManba: O'zA

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Tatariston poytaxti Qozonda suv sport turlari bo‘yicha “Do‘stlik o‘yinlari” tizimida bir qator musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda.

Ogʻir atletika: Nigora Suvonova Osiyo chempioni, Nurbol Abdurashidov va Xushnoza Xoliqova 3tadan medal qoʻlga kiritishdi

25.07.2022SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda yurtimizda ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.

Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi Butunjahon boks uyushmasiga qabul qilindi

21.07.2022SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi
Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi Osiyo WBC boks ittifoqiga, bu esa oʻz navbatida avtomatik tarzda Butunjahon boks uyushmasi (WBC)ga qabul qilindi. Bu haqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Osiyo chempionatida navbatdagi medallar shodasi

21.07.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Toshkentda o‘tayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida hamyurtlarimiz navbatdagi medallar jamlanmasini jamoamiz hisobiga yozib qo‘yishdi.

Dzyudo bo‘yicha o‘smirlar jamoamiz Osiyoda tengsiz!

20.07.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Tailandning Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi qit’a birinchiligida ikkinchi kun bahslari ortda qoldi. Musobaqada hamyurtlarimiz jami 15 ta medalga sazovor bo‘lishdi.

Boks bo‘yicha terma jamoamiz Quvaytga yo‘l oldi

19.07.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Quvaytning Al-Quvayt shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida "1-Quvayt xalqaro boks turniri" tashkil etiladi. Musobaqada 20 ga yaqin kuchli mamlakat vakillari asosiy tarkib bilan ishtirok etishadi. Shu jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadilar.