O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

MOQ rahbariyati ayollar jamoamizda ish boshlagan yaponiyalik murabbiy bilan uchrashdi

2022-02-03 | Sport

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar Olimpiya terma jamoasi boshqaruvi tajribali mutaxassis Midori Hondaga topshirildi. Bugun Chigʻatoy bazasida yaponiyalik murabbiy ilk yigʻinini boshladi. 

Birinchi mashgʻulotlarga MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov, uning birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov tashrif buyurishdi hamda yaponiyalik mutaxassislarning faoliyatiga omad tilashdi. Mutasaddilar oldimizda turgan maqsadlar yoʻlida jamoamizga barcha sharoitlar taqdim etilishini maʼlum qilishdi.

Futbolchilar bilan suhbatda jamoa manfaati yoʻlida barcha bir tanu bir jon boʻlib harakat qilish kerakligi aytildi. Shuningdek, MOQ va OʻFA rahbariyati tomonidan terma jamoamiz Parij Olimpiadasida ishtirok etishiga ishonch bildirilib, bu yoʻlda boʻlajak turnirlarning ahamiyati, ularga tizimli va sifatli tayyorgarlik koʻrish, yurtimiz sharafini munosib himoya qilish zarurligi, doimiy ravishda mehnat qilib borish muhimligi taʼkidlandi.

Terma jamoaga yaponiyalik mutaxassisni jalb qilishdan koʻzlangan asosiy maqsad nafaqat erkaklar, balki ayollar jamoasida ham futbolchilarimizning Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etishini taʼminlash.

Maʼlumot uchun, 2021-yildan boshlab “Olimpik” klubi tashkil etilgan boʻlib, jamoa 1 yil ichida Superliga yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Temur Kapadze boshqaruvidagi jamoaning ham asosiy eʼtibori Parij-2024 Olimpiadasiga qaratilgan.

Suhbat yakunida Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasining bosh murabbiyiga MOQning esdalik sovgʻasi topshirildi.

Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Поделиться