O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sport

Oʻzbekistonda xokkeyni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

20.02.2019SportManba: O'zA

2019-yil 19-fevral kuni Moskva shahrida Oʻzbekiston Xokkey Federatsiyasi Prezidenti Baxtiyor Fozilov hamda uning oʻrinbosari Kirill Matveyev Kontinental Xokkey ligasi boshqaruvi Prezidenti Dmitriy Chernishenko bilan uchrashdi.

Xalqaro turnirning finalida toʻrt nafar oʻzbek yigiti

19.02.2019Sport

Eng kamida bitta oltin medal kafolatlangan, sababi, toʻrt finalchimizdan ikki nafari bitta ringda oʻzaro jang oʻtkazadi. 

Qilichbozlarimiz Markaziy Osiyoda tengsiz

18.02.2019Sport

Gimnastika boʻyicha Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabida Markaziy Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasining oʻsmirlar va kadetlar oʻrtasida I ochiq chempionati oʻtkazildi.

Eng kuchli qilichbozlar Toshkentda bahslashadi

15.02.2019Sport

Bugun gimnastika boʻyicha Respublika ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabida Markaziy Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasining oʻsmirlar va kadetlar oʻrtasida I ochiq chempionati boshlandi.

Maktab oʻquvchilari oʻrtasida futzal boʻyicha musobaqa tashkil etildi

13.02.2019Sport

Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, umumtaʼlim maktabi oʻquvchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va salomatligini mustahkamlash maqsadida koʻplab musobaqalar, festivallar va tadbirlar oʻtkazib kelmoqda.

Toshkentda ilk bor Markaziy Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasi ochiq chempionati oʻtkaziladi

13.02.2019Sport

Joriy yilning 15-17-fevral kunlari poytaxtimizda Markaziy Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasining oʻsmirlar va kadetlar oʻrtasida I ochiq chempionati oʻtkaziladi.

Samarqandda jahon rekordi yangilandi

12.02.2019Sport

Samarqanddagi oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabida 2002-yil tugʻilgan va undan kichik yoshdagi oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi.

Karatechilarimiz Bishkekda 11 ta oltin medalga sazovor boʻlishdi

11.02.2019Sport

8-10 fevral kunlari Qirgʻizistonning Bishkek shahrida karate WKF boʻyicha bolalar, oʻsmirlar va kattalar oʻrtasida anʼanaviy “Bishkek Open-2019” xalqaro turniri oʻtkazildi.

Barcha maktablarda sport haftaligi oʻtkaziladi

07.02.2019Sport

Mamlakatimizda yoshlarning kuchli, irodali hamda jismonan sogʻlom boʻlib yetishishi uchun katta eʼtibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-sentabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilishda belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan joriy yilning I-IV choragida aholining barcha qatlamlari oʻrtasida oʻtkaziladigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasining tasdiqlanishi ham ana shu eʼtiborning yaqqol namunalaridan biridir.

Markaziy Osiyo qilichbozlari Toshkentda jamlanishadi

06.02.2019Sport

Shu yilning 15-17 fevral kunlari Toshkent shahrida Markaziy Osiyo qilichbozlik Konfederatsiyasining dastlabki rasmiy musobaqasi boʻlib oʻtadi.

Taʼlim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat koʻrsatuvchi sport toʻgaraklari tashkil etiladi

06.02.2019Sport

Davlat taʼlim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat koʻrsatuvchi sport toʻgaraklari tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

Markaziy bank xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymatini belgiladi

05.02.2019Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019 yil 5 fevraldan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi:*)

Dzyudochilarimiz xalqaro turnir gʻolibi

04.02.2019Sport

Poytaxtimizda dzyudo boʻyicha 1999-2000 yillarda tugʻilgan yigit-qizlar oʻrtasida xalqaro turnir oʻtkazildi.

Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionlari aniqlandi\

04.02.2019Sport

Shaxmatga ixtisoslashgan respublika bolalar-oʻsmirlar sport maktabida ayollar va erkaklar oʻrtasida respublika chempionati boʻlib oʻtdi.

Samarqandda yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga start berildi

01.02.2019Sport

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi sport turlari boʻyicha mamlakat miqyosidagi musobaqalarni hududlarda oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratib kelmoqda. Jumladan, vazirlikning 2019-yilga moʻljallangan ommaviy-jismoniy tarbiya va sport tadbirlar taqvim rejasida yengil atletika boʻyicha 2006-2007 yilda tugʻilgan oʻsmirlar va qizlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatini joriy yilning 30-yanvar - 1-fevral kunlari Samarqand shahrida oʻtkazilishi belgilangan.

Sanjar Fayziyev Qozondagi musobaqa gʻolibi

29.01.2019Sport

Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida 22-27-yanvar kunlari tennis boʻyicha erkaklar oʻrtasida mukofot jamgʻarmasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi “Fyuchers” turniri boʻlib oʻtdi.

Adliya vazirligi Markaziy Osiyo Qilichbozlik Konfederatsiyasini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi

28.01.2019Sport

Joriy yilning 25-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Afgʻoniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyalarini birlashtiruvchi Markaziy Osiyo Qilichbozlik Konfederatsiyasini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. 

Tennischilarimiz gʻolibona odimlashmoqda

24.01.2019Sport

Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Rossiyada erkaklar, Qozogʻistonda esa oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan nufuzli turnirlarda hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda.

Terma jamoamiz “Devis kubogi” bahslariga tayyor

24.01.2019Sport

Toshkentda joriy yilning 1-2-fevral kunlari tennis boʻyicha “Devis kubogi”ning pley-off bahsi oʻtkaziladi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi jahon ligasiga chiqish uchun Serbiya terma jamoasiga qarshi kortga chiqadi.