O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonda xokkeyni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

2019-02-20 | Sport

2019-yil 19-fevral kuni Moskva shahrida Oʻzbekiston Xokkey Federatsiyasi Prezidenti Baxtiyor Fozilov hamda uning oʻrinbosari Kirill Matveyev Kontinental Xokkey ligasi boshqaruvi Prezidenti Dmitriy Chernishenko bilan uchrashdi.

Uchrashuv chogʻida mazkur sport turini Oʻzbekistonda yanada rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Ayni paytda Oʻzbekiston rahbariyati tashabbusi bilan mamlakatimizda birinchi professional muz saroyi – “Humo Arena” qurib bitkazilmoqda. Oʻzbekistonning turli hududlarida zamonaviy muz maydonchalari qurilmoqda.

Xokkey dunyoda keng tarqalgan sport turlaridan biri sanaladi. Bugun Oʻzbekistonda sportning ushbu turiga qiziqish tobora ortib bormoqda. Qisqa fursatda mazkur sport turini yuksak darajada rivojlantirish, bu borada ulkan yutuqlarga erishgan Rossiya xokkey maktabi tajribasidan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega.

Tomonlar strategik hamkorlikni yoʻlga qoʻygan bu ikki mamlakatda xokkeyni yanada rivojlantirish, yangi muz saroyida ikki mamlakat sportchilari oʻrtasida bellashuvlar tashkil etish boʻyicha kelishib oldilar.

Muzokaralar chogʻida qisqa fursatda oʻzbekistonlik xokkeychilar xalqaro maydonda oʻzining munosib oʻrnini topa olishiga ishonch bildirildi, deya xabar beradi Oʻzbekiston Xokkey federasyasi matbuot xizmati.

Manba: O'zA

Поделиться