O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Adliya vazirligi Markaziy Osiyo Qilichbozlik Konfederatsiyasini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi
2019-01-28 | Sport
Joriy yilning 25-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Afgʻoniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyalarini birlashtiruvchi Markaziy Osiyo Qilichbozlik Konfederatsiyasini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.
Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo mamlakatlarida qilichbozlikni rivojlantirish va ommaviylashtirish, qilichbozlikning nufuzini oshirish hisoblanadi.
Shuningdek, Konfederatsiya Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining (FIE)ning boshqa subyektlari boʻlgan qilichbozlik federatsiyalari bilan oʻzaro aloqalar va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish vazifalarini ham amalga oshiradi.