O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Karatechilarimiz Bishkekda 11 ta oltin medalga sazovor boʻlishdi

2019-02-11 | Sport

8-10 fevral kunlari Qirgʻizistonning Bishkek shahrida karate WKF boʻyicha bolalar, oʻsmirlar va kattalar oʻrtasida anʼanaviy “Bishkek Open-2019” xalqaro turniri oʻtkazildi.

Joriy yil 12 marotaba tashkil etilgan nufuzli musobaqada mezbonlardan tashqari Rossiya, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston kabi jami 7 ta davlatdan 500 nafarga yaqin sportchi gʻoliblik uchun tatamiga chiqishdi. Ular safida Oʻzbekiston karate milliy federatsiyasining 35 nafar sportchisi ham bor edi.
 
Quvonarlisi, Bishkek tatamilarida yurtimiz karatechilari munosib ishtirok etishdi va yurtimizga shoda-shoda medallar bilan qaytishadigan boʻldi. Ushbu xalqaro turnirda terma jamoamiz aʼzolari 11 ta oltin, 5 ta kumush hamda 7 ta bronza medaliga sazovor boʻlishdi. Bu natija Oʻzbekiston sport delegatsiyasiga norasmiy umumjamoa hisobida faxrli 3-oʻrinni taqdim etdi.
 
“Bishkek Open-2019” anʼanaviy xalqaro turnirida hamyurtlarimizdan Sunnatullo Xudoyberganov, Bekzod Hayitboyev, Dildor Annadurdiyeva kabi yetakchi sportchilarimiz oltin, Komron Madaminov hamda Sevinch Rahimovalar esa kumush medalga sazovor boʻlishdi.
 

Otabek Eshmamatov, OʻzA

Поделиться