O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qilichbozlarimiz Markaziy Osiyoda tengsiz

2019-02-18 | Sport

Gimnastika boʻyicha Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabida Markaziy Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasining oʻsmirlar va kadetlar oʻrtasida I ochiq chempionati oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya hamda mamlakatimiz qilichbozlik federatsiyasi hamkorligida ilk marotaba oʻtkazilgan mazkur musobaqada hamyurtlarimizdan tashqari qoʻshni Afgʻoniston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Qozogʻistondan kelgan 150 nafardan ortiq sportchi gʻoliblik uchun kuch sinashdi.

Chempionatda umidli qilichbozimiz Zaynab Dayibekova qilich yoʻnalishida kadetlar va oʻsmirlar oʻrtasida barcha raqiblarini yengib, terma jamoamiz hisobiga ikkita oltin medalni qoʻshib qoʻydi.
Shamshir, qilich va rapira yoʻnalishlarida oʻtgan bellashuvlarda oʻsmirlar oʻrtasida Sanjarbek Sobirov, Ahmadilloxon Solihojiyev, Pazilbek Genjeboyev, Jasmina Suvonova kabi sportchilarimiz shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarilgan boʻlsa, kadetlarimizdan Sherzod Mamutov, Ilyos Molina, Shahzoda Egamberdiyeva, Lolita Ziyoxoʻjayeva hamda Marjona Usmonova oltin medal bilan taqdirlandi.

Oʻzbekiston terma jamoasi Markaziy Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasining oʻsmirlar va kadetlar oʻrtasidagi I ochiq chempionatida 11 ta oltin, 9 ta kumush va 16 ta bronza, jami 36 ta medalni qoʻlga kiritgan holda umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi.

Shuningdek, Turkmaniston terma jamoasi yagona oltin medal bilan ikkinchi, Qozogʻiston vakillari 2 ta kumush va 7 ta bronza bilan umumjamoa hisobida uchinchi boʻlishdi.

 

JavohirToshxoʻjayev, Muhammad Amin (surat), OʻzA

Поделиться