O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Shaxmat boʻyicha Oʻzbekiston chempionlari aniqlandi\
2019-02-04 | Sport
Shaxmatga ixtisoslashgan respublika bolalar-oʻsmirlar sport maktabida ayollar va erkaklar oʻrtasida respublika chempionati boʻlib oʻtdi.
Ayollar oʻrtasida boʻlib oʻtgan bellashuvlarda 9 imkoniyatdan 7,5 ochko toʻplagan Mohim Orazmuhammedova (Qoraqalpogʻiston) gʻoliblik shohsupasining eng yuqori pogʻonasidan joy oldi. Keyingi oʻrinlar Umida Omonova (Surxondaryo, 7 ochko) va Ozoda Xusainova (Toshkent viloyati, 6,5 ochko) ga nasib etdi.
Erkaklar bahsida qashqadaryolik shaxmatchi Abdumalik Abdusalimov 9 imkoniyatdan 8 ochko jamgʻarib, Oʻzbekiston chempioni boʻldi. Ibrohim Karimov (Andijon, 7 ochko) va Asilbek Sobirov (Fargʻona, 7 ochko) lar esa ikkinchi va uchinchi oʻrinlar bilan kifoyalanishdi.
Muhammad AMIN (surat), OʻzA