O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sanjar Fayziyev Qozondagi musobaqa gʻolibi

2019-01-29 | Sport

Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida 22-27-yanvar kunlari tennis boʻyicha erkaklar oʻrtasida mukofot jamgʻarmasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi “Fyuchers” turniri boʻlib oʻtdi.

Quvonarlisi, musobaqada ishtirok etgan hamyurtimiz Sanjar Fayziyev finalgacha yetib bordi va bosh sovrin egasiga aylandi. Sanjar turnir davomida Aleksandr Igoshin (Rossiya), Sergey Fomin (Oʻzbekiston), Aleksander Vasilenko (Rossiya) kabi tennischilardan ustun kelib, finalgacha yetib bordi.

Joriy yilning 27-yanvar kuni hamyurtimiz hal qiluvchi bahsda boshqa bir mezbon tennischi Teymuraz Gabashviliga qarshi kortga chiqdi. 2 soat 12 daqiqa davom etgan uchrashuvda Fayziyev raqibini 6:3, 7:5 hisoblarida magʻlub etdi va turnir gʻolibiga aylandi.

Musobaqada ishtirok etgan boshqa bir tennischilarimiz Humoyun Sultonov va Sergey Fomin oʻz ishtiroklarini ikkinchi davrada yakunladilar. Turnirning juftlik bahslarida rossiyalik Aleksander Vasilenko bilan birga ishtirok etgan Humoyun Sultonov finalgacha yetib bordi va vitse-chempion unvoniga sazovor boʻldi.

Поделиться