Toshkentda ilk bor Markaziy Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasi ochiq chempionati oʻtkaziladi
Joriy yilning 15-17-fevral kunlari poytaxtimizda Markaziy Osiyo qilichbozlik konfederatsiyasining oʻsmirlar va kadetlar oʻrtasida I ochiq chempionati oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi, mamlakatimiz qilichbozlik federatsiyasi va bir qator tashkilotlar hamkorligida oʻtkaziladigan musobaqada qilichbozlarimizdan tashqari, Afgʻoniston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Qozogʻistondan kelgan 150 nafar sportchi gʻoliblik uchun kuch sinashadi.
Ertaga, 13-fevral kuni Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi tomonidan Gimnastika boʻyicha respublika ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari bolalar-oʻsmirlar sport maktabida matbuot anjumani oʻtkaziladi.
Javohir Toshxoʻjayev, OʻzA