O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro turnirning finalida toʻrt nafar oʻzbek yigiti

2019-02-19 | Sport

Eng kamida bitta oltin medal kafolatlangan, sababi, toʻrt finalchimizdan ikki nafari bitta ringda oʻzaro jang oʻtkazadi. 

Bolgariyaning Sofiya shahrida tashkillashtirilgan boks boʻyicha xalqaro “Stranja” turniri bugun nihoyasiga yetadi. Bir necha kun davom etgan musobaqaning hal qiluvchi finaliga bir emas toʻrt nafar hamyurtimiz yetib kelgan. Eʼtiborli jihati, toʻrt hamyurtimizdan ikki nafari bitta vaznda, bitta ringda oʻzaro jang olib boradi. 

70-bor uyushtirilayotgan turnirda dunyoning 42 davlatidan 350 nafarga yaqin bokschisi ishtirok etganligini, ularning orasida Jahon va Olimpiya oʻyinlari gʻoliblarining boʻlishi uning nufuzini aytib turibdi. 

Toʻqqiz nafarlik bokschisi bilan ishtirok etgan Oʻzbekiston delegatsiyasining yarmi finalga yetib keldi. Bugun boʻladigan hal qiluvchi janglarda quyidagi vakillarimiz bosh sovrin uchun bahs olib boradi: 

52 kg: 
Xudoynazar Fayzov (Oʻzbekiston) – Daniel Asenov (Bolgariya) 

56 kg: 
Abdulhay Shorahmatov (Oʻzbekiston) – Mirazizbek Mirzahalilov (Oʻzbekiston) 

69 kg: 
Bobo-Usmon Boturov (Oʻzbekiston) – Ablayxan Jusupov (Qozogʻiston). 

Yana bir bokschimiz - Shunqor Abdurasulov yarim finalda magʻlubiyatga uchrab, bronza medal bilan taqdirlandi. 
 

Oybek Yunusov, OʻzA

Поделиться